0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ROSSIYA KIMYOGAR-BIOLOG OLIMINING TASHRIFI

07 May 2018 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 2215

Muallifi: M.X. MAMARAXMONOV
Kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №2909 qaroriga muvofiq, hamda Andijon davlat universiteti rektorining rasmiy taklifiga ko‘ra, 2018 yil 1-5 may kunlari, Moskva davlat veterinariya, meditsina va biotexnologiya akademiyasi professori, k.f.d., b.f.d., Zaysev Sergey Yurevich universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmon Andijon davlat universitetida munosib kutib olindi va universitet rektori, b.f.d., prof. A.S. Yuldashev, o‘quv, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlar, fakultet va kafedra mudirlari bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida MDVMvB va ADU o‘rtasida ilmiy-tadqiqot, o‘quv ishlarni rivojlantirish haqida kelishib olindi.

 Prof. S.Yu. Zaysev tabiiy fanlar fakultetining kimyo, biologiya kafedralari talabalari uchun zamonaviy kimyo va biologiya yutuqlari va muammolariga oid ma’ruzalar o‘qidi. Professorning ayniqsa, fakultet olimlari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar bilan uchrashuvi sermazmun va qiziqrli bo‘ldi.

Safar davomida mehmon Andijon shahrining diqqatga sazovar joylari bilan tanishdi. Safar so‘nggida prof S.Yu. Zaysev Andijon davlat tibbiyot instituti, Qo‘qon davlat pedagogika institutlariga tashrif buyurib, talaba va ilmiy xodimlar bilan suhbatlar uyushtirdi.

Professor safar davomida unga ko‘rsatilgan e’tibor va tashkilotchiligi uchun Andijon davlat universiteti rahbariyatiga, tabiiy fanlar fakulteti dekanati, hamda kimyo va biologiya kafedra mudirlari va xodimlariga tashakkur bildirdi.  Prof. S.Yu. Zaysev 5 may 2018 yil kuni Andijon shahridan katta taassurotlar bilan jo‘nab ketdi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!