0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

DIQQAT, TANLOV!: HADISLAR BILIMDONI

01 May 2018 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 121

Muallifi: Universitet ma`naviy-axloqiy tarbiya bo`limi

O‘zbekiston  musulmonlari idorasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda:

- islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, insonlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo‘lida  birlashishga da’vat etadigan g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan hadislarni  yoshlarning barcha qatlamlarida  keng targ‘ib qilish,

- diniy ta’lim muassasalari talabalari, yosh imom-xatiblar hamda hadis ilmiga qiziqishi bo‘lgan yoshlarning hadis ilmi bo‘yicha  bilimlarini rivojlantirish, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi muhaddislar yetishib chiqishi uchun zamin yaratish,

- yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish , islom dinining asl mohiyatini anglagan holda yoshlarda hadis ilmiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, 

- yurtimizda yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va boshqa muhaddis allomalar qoldirgan boy ilmiy merosni o‘rganish, uni xalqimiz va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida “Hadislar bilimdoni” tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovda  diniy ta’lim muassasalari talabalari, yosh imom-xatiblar hamda hadis ilmiga qiziqishi bo‘lgan  kamida 40 hadisni (arabcha matni bilan) yoddan bilgan, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov ishtirokchilari Imom Buxoriyning “al-Adab al-Mufrad” asaridagi hadislardan ikki yuztasi asosida baholanadi.

Tanlov uchta shartda baholanadi.

  1. Imom Buxoriy va Imom Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyatini yoritib berish.
  2. Berilgan hadislarni sharhlab berish( hadisni tarjima qilish va undan olinadigan foydalarni bayon qilish)
  3. Hadisni arab tilidagi matnini sahobiy bilan yoddan aytib berish(berilgan boblar bo‘yicha bittad an hadis aytish)

Saralash bosqichi (viloyat) joriy yilning 1-5 mayiga qadar o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqichni o‘tkazish joyi va sanasi hamkor tashkilotlar  bilan kelishilgan  holda o‘tkaziladi.

Tanlovning respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan g‘olib O‘zbekiston  musulmonlar idorasi tomonidan yangi ta’sis etilgan Hadis ilmi maktabiga tanlovsiz o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston  musulmonlar idorasi tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovning respublika bosqichida 2 va 3 o‘rinlarni  egallagan g‘olib  O‘zbekiston  musulmonlar idorasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlov bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni universitet ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo‘limi uslubchisi B.Abdullaevdan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: 0(374) 223-83-58

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!