0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

“ZAKOVAT” BO’YICHA KO’CHMA “REKTOR KUBOGI” O’Z EGASIGA TOPSHIRILDI

29 Aprel 2021 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 206

Muallifi: Axborot xizmati

Yurtimizda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni bilim va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida turli tanlovlar va intellektual o‘yinlar o‘tkazilmoqda.

Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan universitetimizda ta’lim oluvchi 1-kurs talabalari o‘rtasida «Rektor kubogi» uchun zakovat intellektual turniri tashkil etilgan edi.

Turnirda har bir fakultetning 1-kurs talabalaridan iborat saralangan jamoalar ishtirok etdi. Turnirning yakuniy natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to’plagan chet tillar fakultetining “Pinnacle” jamoasi rektor kubogi sohibiga aylangan bo‘lsa, ijtimoiy iqtisodiyot fakultetining “Menejerlar” jamoasi 2-o‘rinni, jismoniy madaniyat fakultetining  “Zahiriddin vorislari” jamoasi esa 3-o‘rinni egalladilar.  

Bugun, 29-aprel kuni Andijon davlat universiteti pedagogika fakultetining faollar zalida intellektual o‘yin g’oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo’lib o‘tdi. Karantin qoidalariga to‘la amal qilgan holda o‘tkazilgan taqdirlash marosimida diplom va “Rektor kubogi”ni Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Omadbek Olimjonov  g’oliblarga topshirdi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!