0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

NEMIS TILI KUNIGA BAG'ISHLANGAN MASTER-KLASS

24 Aprel 2021 yil, Shanba
Ko'rilgan: 241

Muallifi: Axborot xizmati

Joriy yilning 23-aprel kuni, Paxtaobod tumanidagi 4-umumta’lim maktabida “Nemis tili” kuni munosabati bilan filologiya fanlari doktori, professor Muxtorxon Umarxo‘djayev ishtirokida viloyatimizdagi nemis tili fani o‘qituvchilari uchun fan olimpiadasi hamda master-klass tashkil etildi.

Mazkur tadbir karantin tartib-qoidalariga amal qilgan holda tashkil etilib, tadbirda Andijon davlat universiteti nemis tili va adabiyoti kafedrasining professor o‘qituvchilari hamda filologiya fanlari doktori, professor M.E.Umarxo‘djaevning shogirdlari ham ishtirok etdilar.

O‘tkazilgan tadbirda shahar, tumanlardan tashrif buyurgan 70 nafardan ziyod nemis tili fani o‘qituvchilari professordan fanga oid kerakli tavsiyalarni o‘rganishib, o‘zlarining bilimlarini yanada boyitishga erishdilar.

Shuningdek, o‘tkazilgan fan olimpiadasi natijalariga ko‘ra 6 nafar nemis tili fani o‘qituvchilari  g‘olib deb topilib, ularga viloyat xalq ta’limi boshqarmasining diplomi, qimmatbaho sovg‘alar hamda professor Muxtorxon Umarxo‘djaev tomonidan yozilgan nemis tiliga oid noyob kitoblar jamlanmalari bilan taqdirlandilar.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!