0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

IZBOSKAN TUMANIDA UNIVERSITETIMIZ PROFESSOR-O'QITUVCHILARI ISHTIROKIDA SEMINAR O'TKAZILDI

31 Mart 2021 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 293

Muallifi: Axborot xizmati

Bugun 31-mart kuni Izboskan tumani Xalq ta’lim bo‘limga qarashli 32- umumiy o‘rta ta’lim maktabida Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari To‘ychiyeva Dilfuza, G‘ulomov G‘ofurjon va Nizomоva Basharotxonlar ishtirokida “Maktab, oila va oliy ta‘lim hamkorligida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘quv seminarda Tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi Nozimova Basharotxon 10-sinf o’quvchilariga biologiya fanidan “Organik olamdagi moslashuvlar” mavzusida 90 minutlik dars mashg‘ulotlarini olib bordi.

Shuningdek, seminarda Izboskan tumanining 53 ta maktabining biologiya fan o‘qituvchilariga biologiya fanidan “Genetikaga oid masalar yechish” mavzusida darslar ham o‘tildi.

Maktab bitiruvchilariga OTMlarga o‘qishga kirish imtihonlari va Andijon davlat universitetida bilim olish uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud yo’nalishlar haqida davra suhbati o‘tkazildi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!