0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

UNIVERSITETIMIZ KURASHCHILARI “VAZIR KUBOGI” MUSOBAQALARINI MUVAFFAQIYAT BILAN BOSHLAB OLDI

31 Mart 2021 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 336

Muallifi: Axborot xizmati

Kecha xabar berganimizdek, unversitetimizning 15 nafar sportchi talabalari kurash bo‘yicha “Vazir kubogi”ning respublika bosqichida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga jo‘nab ketgan edi.

Toshkent davlat transport universiteti mezbonlik qilayotgan “Vazir kubogi”ning final bosqichida bugun ayollar o’rtasida 48, 52, 57 va 63 kg vazn toifalarida baxslar bo’lib o’tdi. Quvonarlisi, o’tkazilgan ushbu baxslarda 48 kg vazn toifasida Ikromova Kohinurbonu Ahmadali qizi va 57 kg vazn toifasida Ma’mirjonova Zuhraxon Anvarjon qizi g’oliblikka erishib, musobaqaning oltin medali sohibiga aylandi. Shuningdek, bugun erkaklar o’rtasida ham 60, 66, 73, 81 kg vazn toifalarida musobaqalar o’tkazildi. Sportchimiz Abdulazizov Abdulaziz Rustamjon o’g’li 81 kg vazn toifasida raqibini yengib, universitet jamoasi hisobiga yana bitta oltin medalni qo’shib qo’ygan bo’lsa, 60 kg vazn toifasida Usmonov Oybek Rustamjon o’g’li kumush, 73 kg vazn toifasida Nabiyev Furqatbek Faxriddin o’g’li bronza medali sohibiga aylandi.

Shunday qilib, universitetimiz sportchilari “Vazir kubogi” musobaqalarining birinchi kunida umumjamoa hisobida 3 ta oltin, 1 ta bronza va 1 ta kumush medal bilan birinchi o’rinda bormoqda.

Bugungi erishilgan g’alaba bilan kurashchilarimizni va ularning ustozlarini universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Ertaga 1-aprel kuni ham musobaqalar o'tkaziladi, ayollar 70, 78, 87, +87 kg vazn toifalarida baxs olib borsa, erkaklar o’rtasida 90, 100 va +100 kg vazn toifalarida baxslar bo’lib o’tadi. Ertangi baxslarda ham sportchi yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz. "Vazir kubogi"dagi sportchilarimizni ishtiroki haqidagi ma'lumotlarni yetkazishda davom etamiz.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!