UNIVERSITETIMIZDA OAK RAISI YUSUPOV AHMADBEK TADJIYEVICH ISHTIROKIDA UCHRASHUV O’TKAZILDI
23 Fevral 2021 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 243
Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilash, ilmiy tadqiqoqtchilarni qo’llab-quvvatlash hamda ularni qiynayotgan muammolarni o’rganish kerakli tavsiyalarni berish maqsadida bugun, 23-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Yusupov Ahmadbek Tadjiyevich ishtirokida uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuvda universitet rektori Akramjon Yuldashev, universitetda faoliyat ko’rsatayotgan ilmiy kengash raislari, doktarantlar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Uchrashuvda Ahmadbek Yusupov oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo’yicha ma’lumotlar berib, dissertatsiya ishlariga hamda falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) ilmiy darajalari va ilmiy unvonlar talabgorlariga talablarni tushuntirdi, bu borada tadqiqotchilarni qiynab kelayotgan muammolar, ilmiy izlanishlar davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan sun’iy to’siqlar haqida tadqiqotchilar fikrlarini tingladi.
O’z navbatida, universitetimiz doktarantlari ham o’zlarining ilmiy tadqiqot ishlari haqida OAK raisiga ma’lumot berib, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilashga doir o’z takliflarini va qiziqtirgan savollarini berib, kerakli ma’lmuotlarga ega bo’ldilar.
Savol-javob tarzida o’tgan ushbu uchrashuv so’ngida, tadqiqotchilar avtorefaratlarini ham ko’rsatib, Ahmadbek Yusupovdan kerakli tavsiyalarni oldilar.