YOSHLAR TASHABBUSI BILAN HAYRIYA AKSIYALARI O'TKAZILDI
15 Fevral 2021 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 257
Bugun, 15-fevral kuni Andijon davlat universiteti Chet tillar fakultetining talabalari yana bir savobli ishga qo'l urdi. Ular birgalikda "Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radialogiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali"ga tashrif buyurdilar.
Yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan tuzilgan "Sahovat kemasi" hayriya jamg'armasi ko'plab bolajonlarning quvonchiga sabab bo'ldi.
"Biz bugun bolajonlar qalbini zabt etib, ozgina ko'ngillari ko'tarilishiga sababchi bo'ldik. Bunday savobli tadbirlarni o'tkazishdan maqsad, yosh avlodning kamol topishida ozgina bo'lsa ham o'z hissamizni qo'shishdan iborat. Bunday tadbirimizning birinchi oyi, mahallalarda o'tkazilgan edi. Ikkinchi oyi esa, "Bolalar uyi"da tashkil etilgandi bu oy "Onkologiya markazi"da bo'ldik" - deydi chet tillari fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi Tursunboy Sultonov.
Ushbu hayriyaga o'z hissasini qo'shgan chet tillari fakulteti talabalariga o'z minnatdorchiligimizni ishor etamiz.