0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

"REMIKS" - QVZ BO'YICHA REKTOR KUBOGI SOHIBI

26 Dekabr 2020 yil, Shanba
Ko'rilgan: 230

Muallifi: Obida Xasanova
www.adu.uz muxbiri

Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalikning eng unutilmas onlarini xotiralarga muxrlash maqsadida, Andijon davlat universitetining barcha fakultet talabalari örtasida "Rektor Kubogi" uchun Quvnoqlar va Zukkolar tanlovi e'lon qilingan edi.

Unda ishtirok etgan jamoalar saralanib, eng yaxshi jamoalar finalga qadar yetib kelishdi. Joriy yilning 23-dekabr kunida bölib ötgan baxslarda Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetinig "Ideal", Tarix fakultetining "Oligarxlar", Fizika matematika fakultetining "Amakivachchalar", Maktabgacha ta'lim fakulteting "Remiks" hamda Jismoniy madaniyat fakultetining "Olimpik" jamoalari özaro kuch sinashdilar.

Jamoalar 2 ta shart asosida bellashdilar. 1-shartda talabar hayotida köp uchraydigan muommolarga hajviy yondoshilib, jamoalar tomonidan ajoyib sahna körinishlari taqdim etildi. Ayniqsa, Maktabgacha ta'lim yo'nalishining "Remiks" jamoasi qolgan jamoalarga nisbatan muammolarni satira orqali ochib berishi orqali tomoshabinlar olqishlariga sazovor böldilar.

2-shart jamiyatda va yoshalar hayotida ko'p uchrab turadigan voqealarni qo‘shiqlar uyg‘unligida kichik hajviy chiqishlar taqdim etdilar.

Tadbirda universiteti rektori, prorektorlar, fakulteti dekanlari ham qatnashib, chiqishlarni boshidan ohiriga qadar kuzatib bordilar, talabalar hayotiga oid yumor orqali ko‘rsatib o‘tilgan muammolarni o‘rganib ham bordilar.

G'oliblar, qizğin munozara asnosida tanlab olindi. Final bosqichida Maktabgaca talim yo'nalishining "Remiks" jamoasi ğolib böldi va "Rektor kubogi"ni qolga kiritdi. Olimpik jamoasi esa 2-örinni, Oligarxlar jamoasi 3-örinni qölga kiritishdi.

Eng yaxshi ishtirokchilar universitetimizning "Universal" Quvnoqlar va zukkolar jamoasiga qabul qilindi.

Chiqishlar tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat va xordiq bag'ishladi.

Tadbir söngida, universitet rektori va hakamlar sözga chiqishdi, talabalarga kelgusi öqish va ishlarida zafarlar tilab, özlarining iliq fikrlarini bildirishdi. Jamaolar sertifikatlar va esdalik sovğalari bilan taqdirlanishdi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!