0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

PROFESSOR-O'QITUVCHILAR HAMDA ISHCHI HODIMLAR O'RTASIDA "REKTOR KUBOGI" SPORT MUSOBAQALARI BOSHLANDI

12 Noyabr 2020 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 73

Bugun, 12-noyabr kunidan boshlab Andijon davlat universiteti qoshidagi «ADU» sport klubi tomonidan jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har birimizda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish maqsadida "Rektor Kubogi" sport musobaqalari boshlandi.

Sport musobaqalari stol tennisi, basketbol, voleybol, shaxmat va shashka, futbol, yengil atletika (100 va 1000 metrga yugurish) sport turlari bo‘yicha barcha fakultetlardan 11 ta jamoa tashkil etilgan musobaqalarda ishtirok etadilar.

Ushbu sport musobaqalariga bag‘ishlangan turkum maqolalarni saytimiz orqali e’lon qilamiz.

Dastlabki kunda, stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan musabaqalarda 11 ta fakultetdan 2 nafardan: ayol va erkak sport havaskorlari ishtirok etdilar. Ushbu musobaqalarda o‘z mahoratlarini sinab ko‘rgan ishtirokchilar o‘rtasida shiddat katta sport turlari kabi bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Qizg‘in musobaqalarda erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni Jismoniy madaniyat fakultetidan Dushaboev Dilshodbek, 2-o‘rinni Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetidan Nurmatov Dilshodbek, 3-o‘rinni esa Filologiya fakultetidan Shaxobov Kamoliddin egalladi.

Stol tennisi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi baxslarda esa 1-o‘rinni Filolgiya fakulteti jamoasi vakilasi Xamidova Surayyoxon, 2-o‘rinni Jismoniy madaniyat fakulteti vakilasi To‘raqulova Fotimaxonlar qo‘lga kiritdi.

Shu kuni "aql sporti" shahmat va shashka sport turlari bo'yicha ham musobaqalar o'tkazildi. Shahmat bo'yicha erkaklar o'rtasida g'oliblikni Filologiya fakulteti dotsenti Ziyoiddin Qodirov, ayollar o'rtasida esa, Tarix fakulteti Jahon tarixi kafedrasi mudiri Hamrayeva Tanzila qo'lga kiritdi.

Ikkinchi o'rinlarni mos ravishda Jismoniy madaniyat fakultetidan Umurzaqov O'tkirbek va Filologiya fakulteti vakilasi Dildora Abdullayevalar egallagan bo'lsa, uchinchi o'rinlar esa Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti vakillari Kamolov Shuhratbek hamda Mominova Hijranlarga nasib etdi. 

Shashka bo'yicha baxslar natijasi esa quyidagicha ko'rinish oldi: erkaklar o'rtasida 1-o'rin Filologiya fakultetidan Gennadiy Bogdanovich, 2-o'rin Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetidan Azizov Ikromjon, 3-o'rin Jismoniy madaniyat fakultetidan Erkinjon Ahmedov. Ayollar o'rtasida esa 1-o'rin Maktabgacha ta'lim fakultetidan Mavluda Abdullayeva, 2-o'rin Fayziyeva Masturaxon, 3-o'rin Jismoniy madaniyat fakultetidan Mamatisaqova Gulchehraxonlarga nasib etdi.   

“Rektor kubogi” boshqa sport turlari bo‘yicha tafsilotlar keyingi xabarlarimizda kuzatib boring.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!