0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA AN'ANAVIY SHAKLDA DARS JARAYONLARINI BOSHLASH BO‘YICHA RASMIY XABAR

13 Noyabr 2020 yil, Juma
Ko'rilgan: 1198

Muallifi: Axborot xizmati

Hurmatli ota-onalar va Andijon davlat universitetining talabalari!

Andijon davlat universiteti maʼmuriyati oʻquv jarayonini anʼanaviy shaklda davom ettirish boʻyicha quyidagilarni maʼlum qiladi:

  1. 1-bosqich kunduzgi taʼlim shakliga tavsiya etilgan talabalar uchun anʼanaviy shakldagi darslar 2020-yilning 16-noyabr kunidan (orttirilgan (super) kontrakt toʻlaganlar ham) boshlanadi;
  2. 2-3-4-bosqich talabalari uchun esa anʼanaviy shakldagi darslar 2020-yilning 23-noyabr kunidan boshlanadi;
  3. oʻqishni qanday shaklda davom ettirishni talabaning oʻzi belgilaydi. Talaba xohlasa onlayn xohlasa anʼanaviy shaklda darsga qatnashishni tanlaydi, bunday tanlovda sabab yoki tushuntirish soʻralmaydi yaʼni sizdan nima uchun shuni tanladingiz degan savol qoʻyilmaydi.   
  4. Sirtqi taʼlim shaklida tahsil oluvchi talabalar esa oʻqishni onlayn shaklda davom ettiradilar. (1-bosqich sirtqi boʻlimga qabul qilingan hamda qoʻshni davlatlardan fevral-mart oyida oʻqishini koʻchirganlar uchun onlayn darslar qachon boshlanishi Sirtqi boʻlim telegram kanalida qoʻshimcha ravishda eʼlon qilinadi);
  5. Talabalarga TTJ (yotoqxona) berishda hozircha faqat doimiy turar joyi boshqa viloyatda boʻlgan hamda juda uzoqdan qatnovchi talabalarga beriladi;

Hozirda talabalar uchun dars jadvallari ishlab chiqilmoqda. Tayyor boʻlishi bilan barcha fakultetlarning telegram kanallarida va ushbu kanalda eʼlon qilamiz.

Hozirda, universitet maʼmuriyati tomonidan anʼanaviy shaklda darslarni boshlash uchun barcha tayyorgarlik boshlangan. Oʻquv va maishiy binolar hamda xonalarda dezinfeksiya qilinmoqda. Oʻquv binolarini pirometr, dozator va antiseptik vositalar bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

Shu oʻrinda, Siz talabalar va ota-onalardan quyidagilarga alohida eʼtibor qaratishingizni soʻraymiz:

  1. anʼanaviy taʼlim boshlangach universitet hududiga tibbiyot niqobisiz kiritilmaydi;
  2. tana harorati 37 darajadan ortiq boʻlgan talabalar ham binolarga kiritilmaydi;
  3. talabalar oʻzlari bilan qoʻlni tozalovchi antiseptik vositalarni olib yurishlari tavsiya etiladi;
  4. universitet hududida qoʻl berib, quchoqlashib, oʻpishib koʻrishish qatʼiyan taqiqlanadi;
  5. oʻzaro muloqotda oraliq masofani saqlash talab etiladi.

Unutmang oʻzingizni asrash orqali, yaqinlaringiz salomatligini ham asraysiz!

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!