0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ELYORBEK TAJIMIRZAEV TARIX FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PHD) DISSERTATSIYA ISHINI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILDI

13 Noyabr 2020 yil, Juma
Ko'rilgan: 114

Muallifi: Axborot xizmati

Bugun, O’zbekiston tarixi kafedrasi o’qituvchisi Tajimirzayev Elyorbek Akramovich Andijon davlat universiteti huzuridagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.Tar.60.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisida 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha o’zining «XX asrning 60–80-yillarida Farg‘ona vodiysi qishloqlari aholisining kundalik hayoti» mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, dissertant o’z tadqiqotining mohiyati, ishdan olingan xulosalarni kengash a’zolari e’tiboriga havola etdi. Kengash yig’ilishi davomida rasmiy opponentlarning ishga bergan taqrizlari eshitildi va tadqiqotchining taqriz yuzasidan fikrlari tinglandi. Ishning muhokama qismida qizg’in savol-javoblarga boy o’tdi.

Kengash yig’ilishi yakunida dissertantning ishi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha OAK talablariga to’la mos kelishi e’tirof etildi va a’zolarning 100 foizlik ovozi bilan PhD ilmiy darajasiga loyiq ekanligi tasdiqlandi.

Elyorbek Tojimirzayevni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ilmiy ishlarida zafarlar tilaymiz!

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!