0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA «YANGI O‘ZBEKISTON – YANGICHA DUNYOQARASH» MA’NAVIY-MA’RIFIY TARG‘IBOT O‘QUV KURSLARI BOSHLANDI

09 Noyabr 2020 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 237

Muallifi: Axborot xizmati

Bugun, 9-noyabr kuni Andijon davlat universitetida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida aholining barcha qatlamlarini to‘la qamrab olish maqsadida noyabr oyida «Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash» g‘oyasi ostida o‘tkaziladigan targ‘ibot tadbirlari samaradorligini oshirish uchun o‘quv kurslari boshlandi.

Dasturga ko‘ra o‘quv kurslari uch kun davom etishi belgilangan bo‘lib, unda turli mavzular bo‘yicha davlat va jamoat arboblari, olimy talim muassasalari rektorlari, professorlar, sohalar bo‘yicha yetuk mutaxassislar tinglovchilarga tahliliy materiallar, xulosalar, metodikalarni taqdim etadilar.

O‘quv kursining birinchi kunida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, xalq ta’limi xodimlari, turli tashkilotlari vakillaridan iborat targ‘ibot guruhlari uchun O‘zbekiston milliy universiteti rektori Avazjon Maraximov, TIQXMMI dotsenti Raximboy Jumaniyozov, Ichki ishlar akademiyasi professori Gulchehra Matkarimova, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Xaydarali Muxamedov va boshqa trenerlar o‘quv mashg‘ulotlarini olib bordilar.

Mashg‘ulotlarda Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomasi, O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati, Konstitutsiyamizning huquqiy ahamiyati, Yangi O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichi kabi masalalarda mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Tinglovchilar uchun uch kun davomida 26 nafar trenerlar yordamida pandemiya davrida davlatimiz tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bunda birinchi navbatda ehtiyojmand qatlam vakillariga katta e’tibor qaratish maqsadida «Temir daftar» hamda yoshlar va ayollarning bandligini ta’minlash maqsadida «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ni shakllantirish yo‘lga qo‘yilganligi, mazkur islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, uning har bir kishi hayoti, farzandlari kelajagiga ta’sirini tushuntirish, omma bilan maqsadli va manzilli ishlash texnologiyalari, targ‘ibot ishlarini amalga oshirish metodlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Targ‘ibot guruhlari joylarga chiqqan holda aholini yurtimizda va dunyoda bo‘layotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, xalqimizga xos azaliy qadriyatlarni aholi orasida targ‘ib qilish, bunda Andijon viloyatidagi har bir tuman va shaharning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining yosh toifasi, oilalar tarkibini inobatga olish zarurligi belgilangan.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!