0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

CHET TILLAR FAKULTETIDA BOSHQA VILOYATDA ISTIQOMAT QILUVCHI 1-BOSQICHGA TAVSIYA ETILGAN TALABALARGA ONLAYN TANISHUV DARSI TASHKIL ETILDI

16 Oktyabr 2020 yil, Juma
Ko'rilgan: 207

Muallifi: Axborot xizmati

Bugun, 16-oktabr kuni Chet tillar fakultetida 2020-2021 o‘quv yilida fakultetning Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili, Xorijiy til va adabiyoti: fransuz tili hamda Gid hamrohligi va tarjimonlik ta’lim yo’nalishlarining 1-bosqichiga talabalikka tavsiya etilgan boshqa viloyatda istiqomat qiluvchi talabalar bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Ma’lumki, hozirda pandemiya sabab, universitetimizda 1-bosqichiga talabalikka tavsiya etilganlar uchun tanishuv darslari o’tkazilmoqda. Biroq unda boshqa viloyatda istiqomat qiluvchi talabalar ishtirok eta olmayaptilar. Joriy o’quv yilida fakultetga qabul qilingan talabalarning 70 nafari boshqa viloyatlarda istiqomat qiladi. Ularning ayrimlari tanishuv darslarida qatnashgan bo’lsa-da, aksariyati ushbu darslarda qatnasha olmadi.   

Shu sabab ular uchun onlayn tanishuv darslari tashkil etildi. Unda 65 nafar birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi. Onlayn tanishuv darsini fakultet dekani Dilshodbek Rustamov ochib berdi. Fakultet dekani talabalarni tabriklab, ularga fakultet tuzilmasi, kafedralar haqida hamda boshqa muhim ma’lumotlarni berib o’tdi.

Suhbat chog’ida yetuk professorlar Muxtorxon Umarxo’jayev, Sobirjon Solijonovlar ham talabalarga universitetda o’qish davomida asosiy e’tibor qaratilishi lozim jihatlar, adabiyotlar bilan ishlash va boshqa muhim masalalarda o’z maslahatlarini berdilar.

Onlayn uchrashuvda talabalar ham o’z fikr-mulohazalari bildirdilar, tushunmagan jihatlarni so’rab, savollariga javoblar oldilar.

Shuningdek, onlayn uchrashuvda boshqa OTMlardan o’qishini ko’chirib o’tgan talabalar ham ishtirok etdilar.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!