0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

IJTIMOIY TARMOQLARDA E’LON QILINGAN “ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIGA MAGISTRATURAGA XUJJAT TOPSHIRGAN ABITURIYENTDAN MUROJAAT” NOMLI XABARGA RASMIY MUNOSABAT

23 Sentyabr 2020 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 114

Muallifi: Axborot xizmati

Kuni kecha, 22-sentabr kuni "Muxbir Daliev" telegram kanalida “Andijon davlat universitetiga magistraturaga xujjat topshirgan abiturientdan murojaat” nomli post e'lon qilindi. Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi. 

2020/2021 o‘quv yili uchun Andijon viloyati OTMlari magistraturasiga imtihonlar 8-20 sentabr kunlari Andijon davlat universitetining Chet tillar fakulteti binosida 3 smenada tashkil etildi.

Imtihonlarda ayrim talabgorlar ishtirok etmadi. Koronavirus pandemiyasi sharoitidan kelib chiqib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan abiturientlarga 2020 yil 22 sentabr kuni soat 10:00 da onlayn test sinovlari o‘tkazilishi hamda unda ishtirok etishga ruxsat berilgan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) abiturientlar 2020 yil 21 sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali ishtirok etish ruxsatnomasini olishlari mumkinligi haqida xabar berdi.

Andijon davlat universitetiga ushbu masalada 32 nafar talabgor ariza murojaat qilib, test sinovlarida qatnashishga ruxsat so‘ragan. Ular imtihonlarda qatnashmaganliklarini turli sabablar bilan asoslaganlar. Universiteti ma’muriyati tomonidan ushbu arizalar va ilova qilingan hujjatlarni skaner qilingan holatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuborilgan. Vazirlik tomonidan arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlar o‘rganilib, murojaatchilarning 11 nafarining arizalari asosli deb topilib, qayta tashkil etiladigan imtihonlarda qatnashishga ruxsat berilgan. Qolgan 21 nafar murojaatchilar arizalari asosli deb topilmaganligi va tegishli hujjatlarni (kasalligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki CoVid – 19 dan davolanganligi haqida ma’lumot va boshqalar) ilova sifatida taqdim qilmaganligi uchun qayta imtihonlarda qatnashishga ruxsat berilmagani ma’lum bo‘ldi.

Arizalari asosli deb topilgan 11 nafar abiturientlar 22 sentabr kuni Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan maxsus hozirlangan binoda testlarni topshirdilar.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!