0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

TANIQLI BIOLOG OLIM QODIRJON DAVRONOV 70 YOSHDA!

05 Oktyabr 2020 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 147

Muallifi: Andijon davlat universiteti ma'muriyati

Bugun mamlakat rivojini ilm-fanni rivojlantirmasdan turib ta’minlash mushkul ekanini asta-sekin anglab bormoqdamiz. Ilm-fan rivojini esa fan fidoiylari, olimlarsiz tasavvur etish mushkul.

Zamonamizda ilm-fanga o’zini baxshida etgan olimlar ko’p emas. O’zbekiston Milliy universiteti professori Qodirjon Davronov ana shunday fan fidoiylari safida desak mubolag’a bo’lmaydi.

Bugun, Davronov Qodirjon Sotvoldievich o’zining muborak 70 yoshini qarshi olmoqda. Shu bois u kishining hayot yo’li va ilmiy-pedagogik faoliyatiga oz bo’lsa-da, nazar solamiz.

  

Qodirjon Davronov 1971-yili arimiya safidan qaytib, shu yili  Toshkent davlat universiteti (hozigi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti) biologiya-tuproqshunoslik fakultetiga o‘qishga kiradi. Ilmiy faoliyatga qiziqishi sabab, 1976-yilda mazkur universitetning biologiya-tuproqshunoslik fakulteti biokimyo va biofizika kafedrasini tamomlab, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya institutiga ishga kiradi. Institutda katta laborant, stajer-tadqiqotchi va asptanturada ilmiy faoliyat olib borgan.

Yosh olim 1986-yilda Ukraina Milliy Fanlar Akademiyasi D.K.Zabolotnыy nomidagi Mikrobiologiya va virusologiya ilmiy tekshirish Instituti qoshidagi maxsus Kengashda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi.

Shundan so’ng, Qodirjon Davronov Andijonga kelib, 1986-2012-yillar davomida dastlab Andijon paxtachilik instituti «O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasi asisstenti, katta o‘qituvchisi, keyinroq Andijon davlat universitetining “Bioximiya va biofizika” kafedrasida dotsent, universitet qoshidagi litsey internat direktori hamda Andijon viloyati Xalq ta’lim boshqarmasida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

Bu yillarda Qodirjon Davronov ilmiy tadqiqot ishlarini ham birdek olib bordi va 2008-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2012-yilda esa professor ilmiy unvoniga sazovor bo’ldi.

U, 2012-yil noyabr oyidan boshlab Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Biologiya-tuprqshunoslik fakulteti Botanika, o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasida professor lavozimida ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda.

Hozirgi kunda olim ushbu kafedrada o‘simliklar fiziologiyasi mutaxasisligi 3-kurs talabalalariga “O‘simliklar fiziologiyasi” va magistrlariga “G‘o‘za fiziologiyasi va biokimyosi”, “O‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va suv rejimi fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarini yuksak ilmiy-pedagogik saviyada olib bormoqda.

Uning rahbarligida ko’plab yoshlar o’z ilmiy tadqiqotlarinin olib borib, fan rivojiga xissa qo’shmoqda. Xususan, hozirga qadar Q.Davronov ilmiy rahbarligida 2 nafar fan nomzodi, 9 nafar magistr o’z dissertatsiyalarini himoya qilgan.

Olim faoliyati davomida 5 ta o‘quv-uslubiy, bitta o‘quv qo‘llanma  qo‘llanma, 100 dan ziyod chet el va MDH,  Respublikamiz miqyosidagi ilmiy jurnallarda maqolalar chop etgan.

U, hozirda “Kasallangan o‘simliklarning fiziologik va biokimyoviy jarayonlariga mikroelementlarni ta’sirini tadqiq qilish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.

Q.S.Davronov ilmiy-tashkiliy ishlarda ham faol. U hozirda O‘zRFA Genetika va O‘simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tekshirish instituti va  Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti huzuridagi ixtisoslashtirilgan ilmiy Kengashning a’zosi sifatida va Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, O‘zFarm Sanoat tasarrufida chop etiladigan “Infeksiya, imunitet va farmokologiya”  ilmiy jurnali tahrir hay’ati a’zosi va ma’sul kotib sifatida keng jamoatchilik ishlari bilan o‘zining munosib ilmiy xissasini qo‘shib kelmoqda.

Shu o’rinda Andijon davlat universiteti rahbariyati taniqli olim Davronov Qodirjon Sotvoldievichni tavallud ayyomi bilan qizg’in muborakbod etadi hamda uzoq umr, tan sihatligi, ilmiy-pedagogik faoliyatida yuksak zafarlar hamda oilaviy farovonlik tilaydi. Tug’ilgan kuningiz yana bir bor muborak bo’lsin deymiz.                                                                                  

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!