0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

XORIJIY VA NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIDAN O’QISHNI KO’CHIRISH UCHUN IMTIHONLAR BOSHLANDI

05 Sentyabr 2020 yil, Shanba
Ko'rilgan: 270

Muallifi: Axborot xizmati

Bugun, 5 sentabr kuni ertalab soat 8:00 da XORIJIY va NODAVLAT oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi OTMlariga o‘qishini ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun onlayn test sinovlari boshlandi.  Imtihon jarayonlari respublika bo‘ylab 13 ta hududdagi 18 ta OTMda bo‘lib o‘tmoqda.

Andijon davlat universitetida ham bugun, 5 sentabr kuni ertalab soat 8:00 da XORIJIY va NODAVLAT oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi OTMlariga o‘qishini ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun onlayn test sinovlari boshlandi. 

Universitetning Chet tillar fakulteti sport zalida 200 o‘ringa mo‘ljallangan imtihon o‘tkazish joyi hozirlangan bo‘lib, imtihon o‘tkaziladigan kompyuterlarda 300 mb/sek. tezlikdagi internet bilan ta’minlangan.

 

Imtihon topshiruvchilar hududga dezinfeksion tunel orqali kiritilib, tegishli tekshiruvlardan o‘tkazildi. Imtihonlar ikki smenada tashkil etildi.

 

Birinchi smenada imtihon topshirish uchun rejalashtirilgan 200 nafar talabgordan 142 nafari, 2-smenada 129 nafari ishtirok etmoqda. Nomzodlar test sinovlarini onlayn rejimda topshirib, shu vaqtning o‘zida test natijalarini bilib olmoqdalar.

Imtihon o‘tkaziladigan hudud hamda sport zali perimetr bo‘yicha to‘liq kuzatuv kameralari nazorati ostida.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!