0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

“UNIQUE” YOSHLAR FORUMIGA START BERILDI

03 Sentyabr 2020 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 367

Muallifi: Axborot xizmati

Bugun, 3-sentabr kuni Andijon davlat universitetida pandemiya davrida ilk marotaba “Unique” Yoshlar forumiga start berildi. Forum Zoom Cloud Meetings dasturi orqali o’tkazilishi belgilangan.

Ushbu forum Andijon davlat universiteti, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat kengashi, O’zbekiston liberal demokratik partiyasi Andijon viloyat kengashi, Andijon viloyat ona va bola skrining markazi hamda respublika yosh olimlar kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Forum ikki kun, 3-4-sentabr kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan. Forumni o’tkazishdan asosiy maqsad pandemiya shaoritida yoshlarning bo’sh vaqtlarini unumli tashkil etish, yoshlarni kelajakdagi maqsadlari sari to’g’ri yo’naltirish, ularga motivatsiya berish, yuqori malakali spikerlar bilan birga ishlab, salohiyatli kadrlarning tajribasini oshirishdan iborat.

Forumni Andijon davlat universiteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A'zamjon Hamraqulov ochib berdi. Ma’ruzachi o’z nutqida barcha yoshlarni mustaqilligimizni 29 yilligi bilan tabriklab, forumni maqsad vazifalarini tushuntirib o’tdi. Undan so’ng esa loyiha asoschisi, Fizika ta’lim yo’nalishi talabasi Mohlaroyim Zulunova barcha delegatlarga forumning kun tartibi haqida qisqacha tushuncha berdi.

Dastlab, loyihalar fabrikasi yo’nalishi spikeri Sarvarbek Jumayev so’z oldi. Spiker loyihalarni tashkil etish, o’tkazish, o’z iqtidor va iste’dodini yuzaga chiqarish bo’yicha o’z tajribasi bilan o’rtoqlashdi.

Forum doirasida bugun soat 16:00 da “Ta’lim kreditini qanday olish mumkin” mavzusida onlayn muloqot, ertaga esa prorektor A’zamjon Hamroqulovning “Self PR – Ijtimoiy tarmoq madaniyati”, Xotin-qizlar qo’mitasi raisasi Umida Ahmedova va psixolog Otabek Muxtorovlar “Xotin-qizlar salomatligi va psixologiyasi”, suzish bo’yicha 15-yozgi Paralimpiya o’yinlari g’olibi Firdavs Musabekov va  havaskor boks bo’yicha jahon chempioni Iqboljon Xoldarovlarning “Erkaklar va ayollar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish” mavzularidagi ma’ruzalari va muhokamalar o’tkazilishi belgilangan.

Ushbu loyiha o’z ichiga Respublikamizning barcha hududlaridan 200 nafardan ortiq yoshlarni qamrab olgan. Forum ertaga ham davom etadi.  

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!