0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

REKTORNING MUROJAATNOMASI BIZNI YANADA RUHLANTIRDI

27 Avgust 2020 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 597

Muallifi: Axborot xizmati

Andijon davlat universitetiga 2020/2021 o‘quv yili uchun 3350 ta qabul kvotalari ajratilgan bo‘lib, universitetni birinchi OTM sifatida tanlaganlarning o‘zi 57399 nafarni tashkil etadi.

Pandemiya sabab kirish imtihonlarining kechiktirilishi, imtihon o‘tkazish tartiblarining qisman o‘zgaritirilishi abiturientlarda birmuncha tushunmovchiliklarni va savollarni paydo qilmoqda. Universitet ma’muriyati ushbu holatda har bir abiturientning ro‘yxatdan o‘tishda kiritgan telefon raqamiga 3700 qisqa raqamlari orqali SMS-xabarnoma yuborib, universitet saytida rektor murojaati joylangan havolalar yuborildi.

E’tiborli jihati abiturient havola orqali kirib, o‘zining pasport seriyasi va raqami yoki ro‘yxatdan o‘tishda kiritgan telefon raqamini kiritsa, rektorning shaxsan abiturient nomiga murojaati ochiladi. Murojaatda imtihonlar boshlanish kuni, o‘zi topshirgan yo‘nalishga ro‘yxatdan o‘tgan talabalar soni, abiturient ruxsatnomasini olish bo‘yicha ko‘rsatma, universitetga taalluqli qabul yangiliklarini olish mumkin bo‘lgan internet manzillari hamda savollar tug‘ilganda murojaat qilish mumkin bo‘lgan telefon raqamlari va bot manzillari kiritilgan.

Univversitet rektori Akramjon Yuldashev bu borada o‘z fikrini bildirib, "hozir karantin talablari yumshatilgan bo‘lsa-da, abiturientlarni sog‘ligi biz uchun birinchi masala. Shu bois testlarni ochiq maydonlarda tashkil etish ko‘zda tutildi.  Ko‘pchilik abiturientlarimizda test topshirishda joriy etilgan yangi tartibotlar, qoidalar haqida, imtihonlar o‘tkaziladigan hududlar haqida ma’lumotlar yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shu bois men abiturientlarga murojaat yo‘llab, ularga bu borada kerakli tushunchalarni yetkazishga harakat qildim. Hozirda 57399 nafar abiturientning telefon raqamlariga sms xabarnoma orqali murojaatimni o‘qish mumkin bo‘lgan havolani yubordik. Bundan tashqari internet sifati past bo‘lgan hududlar aniqlanib, shu hududda yashovchi abiturientlarga telefon orqali kerakli ma’lumotlar berib boramiz. Umuman olganda birorta ham abiturentlar ushbu ma’lumotlardan bexabar qolib ketmasligini ta’minlaymiz."

Andijon davlat universiteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan Qobilov Mansurjon universitet rasmiy bot manziliga murojaatnoma bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiribdi: "Ochig‘i shaxsan rektor nomidan Hurmatli Qobilov Mansurjon Ma’rufjon o‘g‘li so‘zlari bilan boshlangan murojaatnoma yuborilishi meni juda xursand qildi. Hozir turli telegram kanallari orqali bir biriga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar kelayotgandi, rektorning murojaatnomasi orqali haqiqiy ma’lumotlarni oldim. Murojaatnomada ma’lumotlardan tashqari rektorning motivatsion fikrlari va tilaklari meni yanada ruhlantirdi. Men albatta o‘qishga kiraman va eng na’munali talaba bo‘laman."

Filologiya tillarni o’qitish: Rus tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishiga ro’yxatdan o’tgan Munisa Usmonova ham rasmiy botimizga xat yo’llab, – “… Men bu yil ADU ga hujjat topshirdim, albatta qattiq tayyorgarlik ko’ryapman. Biroz oldin. 3700 dan sms kelibdi, ochib o’qidim. Ochig’i rektor Akramjon Yuldashevni murojaati meni rossa ham xursand qildi. U yerdagi maslahatlarni va tilaklarni butun umr esimdan chiqarmasam kerak. Avvalgi yillari abituriyentlarga bunaqa murojaatlar kelmagan menimcha. Rektorning murojaati bizni yanada ruhlantirdi. Bu yil o’qishga kirib, kelajakda eng yaxshi mutaxassis bo’laman.” – yuqoridagi fikrlarni bildirib o’tdi.  

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!