0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   Без изображений  

"SEN - QUDRAT MANBAI, SAODAT MASKANI, JONAJON O‘ZBEKISTONIM!" SHIORI OSTIDA ONLAYN TANLOV

24 Августа 2020 год, Понедельник
Просмотрено: 1634

Автор: Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘qqiz yillik bayramini tantanali nishonlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yishni o‘z ichiga olgan 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash hamda yangi o‘quv yilini munosib kutib olish maqsadida Andijon davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida "Sen - qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!" shiori ostida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:

-Eng yaxshi videoroliklar tanlovi (5 daqiqa va 50 Mb dan ortiq bo‘lmagan)
-Eng yaxshi audio insholar tanlovi (10 daqiqadan ortiq bo‘lmagan)
-Eng yaxshi ijodiy ishlar tanlovi (mavzuga oid fotosurat, surat va boshqa tasviriy va amaliy san’at na’munalari)

-Eng yaxshi nazm tanlovi (6 misradan ortiq bo‘lmagan yozma namunalar)
-Masofaviy ta’limni rivojlantirish va yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan islohotlar xususida mening fikrim mavzusida taklif va tavsiyalar tanlovi (Fikr-mulohazalaringizni Word dasturi orqali bayon etasiz va so‘ngida o‘zingiz haqingizda ba’tafsil ma’lumot yozib qoldirasiz F.I.Sh Fakultetingiz va ishlaydigan telefon raqamingiz) ONLAYN tarzda o‘tkaziladi.

Tanlov materiallari @asu_uzbbot manziliga shu yilning 5 sentabriga qadar qabul qilinadi. G‘oliblar (8, 9, 10 sentabr kunlari ijtimoiy tarmoqlarda umumiy ovozga qo‘yiladi va hakamlar hay’ati qarori bilan 10 sentabr 20:00 ga qadar aniqlanadi) natijalari esa 12 sentabr kuni e’lon qilinadi.
"Sen-qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!"shiori ostida o‘tkazilgan har bir nominatsiya g‘oliblari maxsus sertifikat va quyidagicha moddiy rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin uchun 1 000 000(bir million) so‘m;

2-o‘rin uchun 700 000(etti yuz ming) so‘m

3-o‘rin uchun 500 000(besh yuz ming) so‘m

“Masofaviy ta’limni rivojlantirish va yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan islohotlar xususida mening fikrim” mavzusida taklif va tavsiyalar tanlovi g‘oliblari maxsus sertifikat va quyidagicha rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin uchun 500 000 so‘m va 50 GB yillik internet trafigi

2-o‘rin uchun 400 000so‘m va 40 GB yillik internet trafigi

3-o‘rin uchun 300 000 so‘m va 30 GB yillik internet trafigi

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarga mas’ullar tomonidan sertifikat va mukofotlar talbalarimizga karantin qoidalariga amal qilgan holda yashash xonadonlariga yetkazib beriladi.

МЕЖДУНАРОДНЫЕ ПРОЕКТЫ

НАШИ РЕСУРСЫ

НАШ АДРЕС
170100, Республика Узбекистан, г. Андижан,
улица Университетская, дом 129
Эл. почта: agsu_info@edu.uz
Телефон/факс: 0 (374) 223 88 30
Телефон доверия: 0 (374) 223 88 14
Транспорт: маршрутное такси №75

МЫ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ

© Андижанский государственный университет, 2004-2021. Все права защищены. 
 
Отправить предложение повышения качества образования
К ВНИМАНИЮ ИНОСТРАННЫХ АБИТУРИЕНТОВ!!!