FALSAFA IXTISOSLIGI BO‘YICHA ILMIY KENGASH ILMIY SEMINARI YIG‘ILIShI HAQIDA E’LON
19 Августа 2020 год, Среда
Просмотрено: 717
Andijon davlat universiteti huzuridagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi “On-Line” tarzda “Zoom” dasturi orqali 2020 yil 25 avgust kuni soat 10 00 da bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi quyidagi masalalardan iborat:
1.Talabgor Muxtarov O'tkirjon Mutalibjanovichning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan “O‘zbekistonda falsafiy ta’limni rivojlantirishning ilmiy-konseptual xususiyatlari” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi;
2.Talabgor Abullaev Shuxratjon Raximjonovichning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan “Milliy manfaatlar paradigmasida ahil qo‘shnichilik munosabatlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi;
- Turli masalalar.
Ilmiy seminarning “online” tarzdagi majlisiga barcha seminar a’zolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.
Manzil: Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti binosi 1-qavat 101-xona.