0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

IJODIY IMTIHONLAR QACHON BO'LADI? TASVIRIY SAN'AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI, RANGTASVIR (TURLAR BO'YICHA), AMALIY SAN'AT (TURLAR BO'YICHA) TA'LIM YO'NALISHLARI UCHUN IJODIY IMTIHON KUNLARI VA GURUHLAR

22 Avgust 2020 yil, Shanba
Ko'rilgan: 5649

Muallifi: Andijon davlat universiteti qabul hay'ati

Bugun, 22-avgustdan boshlab abituriyentlarga test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni shaxsiy kabinet (abitur.dtm.uz) laridan yuklab olishlari mumkin.

“Abituriyent ruxsatnomasi” test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga berilmaydi.

Test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro'yxatdan o'tgan abituriyentlar imtihonlarni topshirishlarini tartibga solish uchun guruhlarga bo'linib, imtihon topshirdigan vaqt va joylari belgilandi. Quyida uchta yo'nalish: TASVIRIY SAN'AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI, RANGTASVIR (TURLAR BO'YICHA), AMALIY SAN'AT (TURLAR BO'YICHA) ta'lim yo'nalishlariga o'qishga kirish uchun ro'yxatdan o'tgan abituriyentlar imtihon topshiradigan kuni va vaqtini, qaysi bino yoki sport maydonida topshirishi, qaysi guruhda ekanligini bilib olishlari mumkin. 

Eslatma: Jadval va ro'yxatni ko'chirib olish uchun qizil harflarda berilgan "Imtihon topshirish vaqti va joyi" va "Guruhni bilish" yozuvlari ustiga bosing.

  1. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi KUNDUZGI. 1) Imtihon topshirish vaqti va joyi. 2) Guruhni bilish.
  2. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi SIRTQI. 1)Imtihon topshirish vaqti va joyi. 2) Guruhni bilish.
  3. Rangtasvir (turlari bo‘yicha) ta'lim yo'nalishi KUNDUZGI. 1) Imtihon topshirish vaqti va joyi. 2) Guruhni bilish.
  4. Amaliy san'at (turlar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi KUNDUZGI. 1) Imtihon topshirish vaqti va joyi. 2) Guruhni bilish.

IMTIHON DASTURLARI VA MEZONLARI. IMTIHON KUNI NIMALAR OLIB KELISHI LOZIM?

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!