0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

KAMIDA BESH YIL ISH STAJIGA EGA BO‘LGAN FUQAROLARNI OTMLARGA QABUL QILISH UCHUN TAVSIYANOMA BERUVCHI TASHKILOTLAR RO‘YXATI TASDIQLANDI

14 Avgust 2020 yil, Juma
Ko'rilgan: 546

Muallifi: Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni qaroriga muvofiq:

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2020/2021 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining RO‘YXATI TASDIQLANDI.

Bayon qaroriga muvofiq:

Davlat test markazi ro‘yxatda keltirilgan vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlarni Davlat test markazining veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.

Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, istisno tariqasida talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 2020 yil 15 avgustdan 5 sentabrga qadar (5 sentabr kuni ham) amalga oshiriladi.

Ro‘yxatda keltirilgan vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmalari tavsiyanoma berilgan talabgorlar hakidagi ma’lumotlar bazasini Davlat test markazining maxsus dasturiga integratsiya qilib boradi.

Bunda, tavsiyanoma berilgan talabgorlarning tasdiqlangan yakuniy ro‘yxatlari 2020 yil 6 sentabrga qadar Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.

Talabgorlarga tavsiyanomalar belgilangan tartibda ADOLATLI VA ShAFFOF BERILIShI yuzasidan mas’uliyat mazkur ro‘yxatda keltirilgan vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmalarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklandi.

❗️Eslatib o‘tamiz,

ro‘yxatda qayd etilgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2020/2021 o‘quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkinligi qat’iyan belgilab qo‘yilgan;

vazirlik, idora yoki yirik ho‘jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida besh yildan kam bo‘lmagan muddatda

faoliyat yuritayotgan xodimlarga (texnik xodimlar mundan mustasno) ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma berish shaxsan birinchi rahbar tomonidan amalga oshirilishi  belgilab qo‘yilgan;

suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab berilishi ta’minlaydi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!