0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MASLAHAT KENGASHINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN ONLAYN YIG‘ILISH HAQIDA E’LON!

20 Iyul 2020 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 644

Muallifi: Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4602-sonli  qaroriga asosan Andijon davlat universitetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyun kungi 326-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yilning 24-iyul kuni soat 11:00 da Andijon davlat universiteti xotin-qizlarining umumiy onlayn yig‘ilishi o‘tkaziladi. Onlayn yig'ilish Zoom Cloud Meetings dasturi orqali tashkil etilib, quyidagi havola orqali qatnashish mumkin https://us02web.zoom.us/j/81067746439?pwd=OEREZjltTTU2WkhGVzdZVVVaSFdOQT09.

Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar ko‘riladi:

  1. Andijon davlat universitetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashini tuzish va uning tarkibini shakllantirish.
  2. Kengash raisini saylash.
  3. Vazirlikning “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash to‘g‘risidagi na’munaviy Nizom”i asosida ishlab chiqilgan “Andijon davlat universitetining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengashi to‘g‘risidagi na’munaviy Nizom”ini tasdiqlash.

Ushbu onlayn yig‘ilishda barcha universitet xotin-qizlarini faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!