0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

CHET TILI SIFATIDA INGLIZ, NEMIS, FRANSUZ TILLARIDAN BOSHQA TILLARNI (TURK, ARAB, FORS, KOREYS, XITOY VA BOSHQ.) TANLAGAN ABITURIENTLAR DIQQATIGA!

13 Iyul 2020 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 1051

Muallifi: Andijon davlat universiteti qabul hay’ati

Hurmatli abiturientlar!

2020/2021 yili uchun OTM'larga o’qish uchun onlayn ro’yxatdan o’tish jarayonlarida CHET TILLARNI tanlash masalasida abituriyentlar o'rtasida ayrim tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Shu bois chet tillarni tanlash masalasida quyidagi ma’lumotlarga e’tibor qaratishingizni so’raymiz.

Ma’lumki, joriy yil qabul jarayonida barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul 2 ta fandan (alohida iste’dod talab qilinadigan yo’nalishlardan tashqari) imtihonlar bo‘lib o‘tadi.

Hujjatlarini onlayn ro’yxatdan o’tkazish jarayonida imtihonlarida chet tili mavjud yo’nalishlarni tanlayotgan ayrim abiturientlar o‘zlari bilgan yoki bilmagan holda chet tilini tanlashda xatoliklarga yo‘l qo‘ymoqdalar. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, abiturientlar ayrim hollarda chet tili sifatida turk, arab, fors, koreys, xitoy va boshqa tillarni tanlamoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi  “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 6-bandida “Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tilini (ingliz, nemis va fransuz tillari o‘qitilmagan holda) asosiy chet tili sifatida o‘qigan abituriyentlar mazkur tildan ko‘p balli baho tizimi bo‘yicha imtihon topshiradilar, qolgan fanlar bo‘yicha esa test sinovlaridan o‘tadilar” deb ko‘rsatilgan. Ya’ni soddaroq tushuntiradigan bo‘lsak, ingliz, nemis, fransuz tillaridan boshqa tillarda imtihon topshirmoqchi bo‘lgan abituriyent maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida ushbu tillarni (turk, arab, fors, koreys, xitoy va boshqa tillarni) o‘qigan bo‘lishlari va o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi attestat yoki diplom ilovasida ushbu fanlarni o‘qiganligi va o‘zlashtirganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Aks holda bunday abituriyentlar chet tili sifatida ijodiy imtihon topshiradigan tillardan birini ko‘rsatsa-da, lekin abituriyent haqiqatda ta’lim muassasasida ushbu tilni o‘qimagan bo‘lsa va o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatda aks etmagan bo‘lsa, ijodiy imtihonga kiritilmaydi va chet tili bo‘yicha 0 ball qo‘yiladi. Qayta takrorlaymiz 0 ball qo’yiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, chet tilini tanlashda xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsangiz ro’yxatga olish muddati tugagunga ya’ni 20-iyulga qadar (shu kuni ham) abitur.dtm.uz sayti orqali tanlagan chet tilini amalda o‘qigan va o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatingizda aks ettirilgan tilga (ingliz, nemis, fransuz tillaridan biriga) o‘zgartirishingizni so‘raymiz.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!