0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

AKRAMJON YULDASHEV: KORRUPSIYADAN HOLI UNIVERSITETGA AYLANISHIMIZ LOZIM

05 Iyul 2020 yil, Yakshanba
Ko'rilgan: 387

Muallifi: Axborot xizmati

Joriy yilning 4-iyul kuni Andijon davlat universitetida tegishli tashkilotlar vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash masalasida uchrashuv tashkil etildi.

 

Dastlab, universitet rektori Akramjon Yuldashev Muhtaram prezidentimiz tomonidan joriy yilning 30 iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida korrupsiyaga qarshi kurash masalasidagi fikrlarni, ushbu sohadagi yangiliklarni jamoaga tushuntirib o‘tdi. Rektor o‘z so‘zida “Biz universitetimizni korrupsiyadan holi universitetga aylantirmas ekanmiz, ertaga raqobatbardoshlikni yo‘qotamiz, kuchli kadr tayyorlay olmaymiz. Shu sabab o‘quv jarayonini raqamlashtirishimiz, jamoatchilik nazoratiga keng o‘rin berishimiz, barcha yo‘nalishlarda ochiqlikni ta’minlashimiz shart, - deya universitetning ushbu sohadagi keyingi faoliyat yo'nalishini bildirib o'tdi.”

 

Uchrashuvda viloyat prokuraturasi bo‘lim katta prokurori Javohir Sharofiddinov, Bosh prokurotura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hodimi Isoqjon G‘oziboev, Viloyat IIB korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Xayrullo Mirzaahmedovlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar, yangi tashkil etilayotgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyat yo‘nalishlari, amaliyotda sodir etilayotgan qonun buzilish holatlari, oliy ta’limni korrupsiyasiz sohaga aylantirishdagi to‘siqlar haqida muhim ma’lumotlar berdilar, tahliliy fikrlarni bildirdilar.

 

Shuningdek, uchrashuv davomida “Korrupsiya – ta’lim taraqqiyoti kushandasi” mavzusida videorolik namoyish etildi.

 

Kelgusida soha mutaxassislari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusidagi ma’naviy-profilaktik tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlarni onlayn tarzda o‘tkazib borishga ham kelishib olindi.

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!