0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

DAVLAT KOMISSIYASI BAYONI: FANLAR MAJMUASI, KASBIY IMTIHONLAR O'TKAZISH TARTIBI, MAGISTRATURA IMTIHONLARI KUNLARI, IJODIY IMTIHON ORQALI QABUL AMALGA OSHIRILADIGAN YO'NALISHLAR

24 Iyun 2020 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 438

Muallifi: Axborot xizmati

Davlat komissiyasining 1-sonli bayoni e’lon qilindi. Unda “Qabul – 2020” ga oid qator muhim qoidalar belgilab berildi.

Quyida Davlat komissiyasining 1-sonli bayonida belgilangan eng muhim masalalarni taqdim etamiz.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish talablariga muvofiq 2020/2021 o‘quv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi

Test sinovlari bir kunda ikki yoki uch smenada o‘tkaziladi

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib, 2020/2021 o‘quv yili qabulida test sinovlari qoida tariqasida, bir kunda ikki yoki uch smenada o‘tkaziladi.

Bunda har bir abiturient uchun binolarda 3 m2 dan kam bo‘lmagan joy ajratiladi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida sanitariya normalari talablaridan kelib chiqib, imtihonlarda abiturientlarning ota-onalari va ularning yaqinlari uchun alohida kutish (to‘planish) joylari tashkil qilinmaydi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi

Davlat komissiyasining 2020 yil 1-sonli bayoniga ko‘ra:

  • kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlarini bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib soddalashtiriladi;
  • abiturient kasbiy (ijodiy) imtihon uchun bir marta keladi va ortiqcha vaqt sarflamasdan topshirishi ta’minlanadi;
  • test sinovlari bilan bir qatorda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 25 iyulgacha o‘tkaziladi;
  • alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari kirish imtihonlarini 25 iyuldan 20 avgustgacha o‘tkaziladi;
  • kasbiy (ijodiy) imtihonlar videokuzatuvlar orqali qat’iy nazorat qilinadi va internetda jamoatchilik kuzatuvi ta’minlanadi.

Magistraturaga kirish imtihonlari 2020 yil 3-20 avgust kunlari o‘tkaziladi

Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoniga muvofiq, istisno tariqasida, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlaridan kelib chiqib, 2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 2020 yil 3-20 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti (http://magistr.edu.uz/home) orqali amalga oshiriladi.

Hujjatlar 2020 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

16 yoshga to‘lmagan bitiruvchilarga pasport olishda yengillik beriladi

Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga ko‘ra:

Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yilida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta’minlanadi. (abiturientga 10 kun muddatda pasport berilishi ko‘zda tutilgan).

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtihonlarda ishtirok etish istagini bildirgan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga amaldagi tartibga muvofiq, qisqa muddatlarda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi.

Davlat personallashtirish markazi tomonidan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga xorijga chiqish pasportlari beriladi va mavjud ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va Davlat test markaziga taqdim etiladi (abiturientga 5 kun muddatda fuqarolik pasport olishi ko‘zda tutilgan).

Sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va veterinariya sohalari bo‘yicha maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoniga muvofiq, tegishli vazirlik va mahalliy hokimliklar buyurtmalari asosida  respublika hududlaridagi sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, veterinariya sohalarida oliy ma’lumotli kadrlarga mavjud yuqori ehtiyojni qoplash maqsadida maqsadli qabul ko‘rsatkichlari belgilandi.

Bunda 2020/2021 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosida jami 2537 ta ajratildi.

Jumladan,

???? sog‘liqni saqlash sohasi uchun tumanlar kesimida – 1 507 ta;

???? xalq ta’limi sohasi uchun tumanlar kesimida – 805 ta;

???? veterinariya sohasi uchun hududlar kesimida – 225 ta.

Ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihonlar hamda test sinovlari asosida amalga oshiriladigan va o‘qitish qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati.

Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan test sinovlarisiz, KASBIY (ijodiy) IMTIHONLAR orqali o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ro‘yxatdan bakalavriatning 132 ta ta’lim yo‘nalishi o‘rin olgan.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!