NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN QO‘SHIMCHA IKKI FOIZLI DAVLAT GRANTI ASOSIDAGI QABUL KO‘RSATKICHLARI TASDIQLANDI
24 Iyun 2020 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 1149
2020/2021 o‘quv yili uchun respublika OTMlariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining OTMlar va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti belgilandi.
Unga ko‘ra, respublika miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 2799 ta kvota ajratilgan.
Shundan:
kunduzgi ta’limga – 2072 ta;
sirtqi ta’limga – 627 ta;
kechki ta’limga – 100 ta.
Andijon davlat universiteti uchun jami 66 ta, kunduzgi ta’lim shakli uchun 48 ta, sirtqi ta’lim shakli uchun 18 ta o’rin berilgan.