0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ZUXRAXON DUMAYEVA FALSAFA DOKTORI (PHD) DISSERTATSIYASINI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILDI

18 Iyun 2020 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 255

Muallifi: Axborot xizmati

Bugun, 18-iyun kuni Andijon davlat universiteti Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi Dumayeva Zuxraxon Nasirdinovnaning Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD03/30.12.2019.B.76.01-raqamli ilmiy kengashning navbatdagi yig’ilishida 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi bo‘yicha o’zining “Turli yoshdagi kalamushlarda jigarning gomeostaz faoliyatiga gipokineziya va gamma nurlarining ta’siri” mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi o’tkazildi.

Dissertatsiya himoyasi onlayn tarzda o’tkazilib, dissertant ishni Andijon davlat universitetidan turib himoya qildi. Dastlab o’z ishini mazmun-mohiyati, tahlillar, olib borilgan laboratoriya tadqiqotlari natijalari xulosalarni taqdim etgan dissertant kengash a’zolari tomonidan berilgan savollarga ham to’la to’kis javob berdi.

Dissertatsiya ishi bo’yicha rasmiy va norasmiy opponentlar ham o’z xulosalari va tavsiyalarini bildirib o’tdilar.

Himoya yakunida kengash a’zolari onlayn ravishda ovoz berish dasturidan foydalangan holda ishni baholadilar. Ovoz berish jarayoni natijalariga ko’ra Zuxraxon Dumayevaning biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi OAK talablariga to’la mos kelishi e’tirof etilib, 100 foiz ovoz bilan tasdiqlandi.

Dumayeva Zuxraxon Nasirdinovnani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy ishlarida zafarlari tilab qolamiz.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!