0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HAMDA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARI UCHUN TANLOV BOSHLANDI

17 Iyun 2020 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 315

Muallifi: Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Hurmatli talabalar! O‘z imkoniyatlaringizni qo‘ldan boy bermang!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-son qarori bilan talaba va magistrantlar uchun “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli Davlat stipendiyalari” ta’sis etilgan. Tasdiqlangan Nizomga asosan tanlovda 2-3-kurslarni tamomlayotgan iqtidorli talabalar va 1 kursni tugatayotgan magistrantlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etishni hohlovchi talaba va magistrlar zaruriy ma’lumotlarni iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limidan olishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etishni hohlovchi nomzodlar hujjatlar yig‘ma jildini (bosma va elektron variantda) joriy yilning 17-iyunidan 1-iyuliga qadar iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi.

Murojaat uchun tel.: +998 97 9903399

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!