0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA CHET TILLARNI O’QITISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

22 May 2020 yil, Juma
Ko'rilgan: 201

Muallifi: Axborot xizmati

Bugun, 22-may kuni Andijon davlat universitetida “Maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida va oliy ta’lim muassasalarida chet tillar o‘qitishning uzviyligi” mavzusidagi xalqaro onlayn anjumani o’tkazildi. Anjuman Zoom Cloud Meetings platformasida tashkil etildi.

Anjumanni ADU professori M.Umarxo’jayev ochib berdi. Onlayn konferensiyada professor Bahia Diefenbach (AQSH, Florida), Jochen Hoffmann (Humbold University, Germany), Ingrid Landes (Regensburg universiteti, Germaniya) kabi jami 10 nafarga yaqin chet ellik professorlar, respublikamiz OTMlaridan SamDCHTI rektori, p.f.d., dotsent I. To’xtasinov, professor A.Jumaniyazov, professor G’.Xoshimov kabi 20 nafarga yaqin professorlar, 30 nafarga yaqin dotsentlar, 10 nafarga yaqin falsafa doktorlari va 300 nafardan ortiq ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.  

Konferensiyada p.f.d., dotsent I.To’xtasinov “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha metodik ishlarni tashkil qilish vazifalari, mazmuni va shakllari”, professor Bahia Diefenbach “Effective learning through motivation and differentiated instruction”, Jochen Hoffmann “Frequent pronunciation errors of uzbek speakers in english”, Ingrid Landes “Das potenzial von liedern im daf-unterricht”, f.f.d., prof. J. Yakubov (O‘zDJTU): “Cпособы выражeния катeгории вeжливости во франсузском языкe”, F.f.d., prof. A.Jumaniyazov (UrDU) “So‘z birikmalari komponentlari semantikasi yoxud ma’no mushtaraklashuvi”, f.f.n., prof. X.Raximov (O‘zDJTU) “Beshinchi nutq faoliyati turi bo‘lgan tarjima haqida”, f.f.d., prof. G’.Xoshimov (AndDU) “Lingvokulturologik tadqiqotlar metatili, lingvokulturema nazariyasi va tarjima muammolari”, p.f.n., dots. Sh. Alimov (AndDU) “Uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarida chet tillarni o‘qitishni tashkil qilish xususida” mavzularida ma’ruzalar, tadqiqot natijalari tinglandi va ilmiy muhokamalar qilindi.

Koneferensiya ishtirokchilari mamlakatizmizda uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni o’qitishning muhim jihatlari, kamchiliklarni ham tahlil qildilar. Bunda ayniqsa, xorijiy ishtirokchilarning fikrlari, ularning mamlakatlarida tillarni o’qitish bo’yicha yig’ilgan tajriba bilan o’rtoqlashishi katta amaliy ahamiyatga ega bo’ldi. 

Konferensiya so‘nggida anjumanda bildirilgan takliflar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilib, Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga chet tillarni o‘qitishni takomillashtirish va o‘quv rejalarini tuzish bo‘yicha aniq amaliy takliflar yuborish belgilandi. Konferensiyani tashkil etishda Chet tili fakulteti, ayniqsa, Fakultetlararo chet tili (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi mudiri Dilshodbek Rustamov katta jonbozlik ko'rsatdi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!