0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

“BILIMLI VA QOBILIYATLILAR -2020” BELLASHUVINING FINAL BOSQICHI BO’LIB O’TDI

13 Mart 2020 yil, Juma
Ko'rilgan: 163

Muallifi: Farruxbek Umarov
Ekologiya va botanika kafedrasi o’qituvchisi

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning birinchi va to’rtinchi tashabbuslarini amalga oshirish maqsadida Tabiiy fanlar fakultetining ekologiya va botanika kafedrasi tomonidan talablar o’rtasida “Bilimli va qobiliyatlilar” bellashuvi o’tgan o‘quv yilidan buyon tashkil etilib kelmoqda. Bellashuvga talabalar katta qiziqish bilan qatnashib o’z bilim va qobiliyatlarini namoyon qilmoqda. Ayniqsa, bu yil o’tkazilgan “Bilimli va qobiliyatlilar-2020” bellashuvi ko’pchilikning yodida qoladigan bo’ldi.

Bellashuvning final bosqichiga Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo’nalishining 2-bosqish talabalaridan tarkib topgan “Ekodefender” va shu yo’nalishning 4-bosqish talabalaridan tarkib topgan “Ekolife” jamoalari yetib keldi. Ular quyidagi shartlar bo’yicha bilimlar va qobiliyatlarini sinadilar.

  1. Ekologiya sohasiga oid muammolar va ularning yeshimiga bag’ishlangan videorilik.
  2. Erkin mavzudagi sahna ko’rinishi.
  3. Kitobxonlik bellashuvi.
  4. Tezkor savol-javoblar.

Bellashuvga Andijon viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bo’lim boshliqlari va ADU professor-o’qituvchilar hakamlik qildilar.

Bellashuv ko’tarinki ruhda va juda qiziqarli o’tkazildi hamda hakamlar hay’atining yakuniy baholariga ko’ra “Ekolife” jamoasi “Bilimli va qobiliyatlilar-2020” bellashuvining mutloq g’olibi deb topildi. Bellashuv qatnashchilari esdalik va qimmat baho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!