0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

MINI FUTBOLCHILARIMIZ VILOYAT OTMLARI ICHIDA BIRINCHI

13 Mart 2020 yil, Juma
Ko'rilgan: 129

Muallifi: Axborot xizmati

Yoshlarni bo‘sh vaqtini unumli va mazmunli o‘tkazish xamda  ma’naviy –ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, talabalar  o‘rtasida  mini-futbol  sport turini ommalashtirish va rivojlantirish, viloyat oliy ta’lim  talabalari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash, 5 ta muhim tashabbusga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish  va shaklllantirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida viloyatdagi 4 ta oliy ta’lim muassasalari o’rtasida sportning mini futbol bo’yicha viloyat turniri tashkil etildi.

Universitetimiz jamoasi dastlabki o’yinda Andijon mashinasozlik instituti jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi hamda 5:1 hisobida ustun keldi.

Universitetimiz minifutbolchilari Musobaqaning birinchi o’yinida Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali jamoasini mag’lub etgan Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi finalda to’qnash keldilar. Ushbu baxs juda shiddatli va qizg’iz kurashlarga boy bo’ldi. Ikki raqib jamoa ham o’yinda ehtiyotkorlikni ham unutmadilar. Hisob ham shunga yarasha bo’ldi. Vakillarimiz tomonidan kiritilgan yagona gol o’yin taqdirini hal qildi. Universitetimiz jamoasi taktik o’yin evaziga g’alaba qozondi va viloyatimiz oliy ta’lim muassasalari jamoalari orasida birinchilikni qo’lga kiritdi.

Jamoamizni g’alaba bilan tabriklaymiz!

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!