0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

KELING TO‘PTOSH O‘YNAYMIZ! TO‘P TOSH O‘YININI KIM ESLAYDI?

12 Mart 2020 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 112

Muallifi: Kamola Abduvaliyeva
O‘zMTDP Andijon viloyat Kengashi matbuot kotibi

Bolaligimda “Quvlashmachoq” , “Qoch bolam, burgut keldi”, “Oq terakmi, ko‘k terak...”, “Qirq tosh”, “Otib qochar”, “Chirgizak”, “Durra”, “Otishma”, “To‘pni aylana ichiga tushurma”, “Chaqqonlar va merganlar”, “Qo‘riqchi”, “Sochi uzun qizlar” o‘yinlari bilan mashg‘ul bo‘lganimizni eslayman. Ular bizni jismoniy harakatga, aqlimizni charxlash mashg‘ulotlariga majbur etardi.

Bugungi kunda foydali milliy xalq o‘yinlarining o‘rnini yoshlarning ma’naviyatiga ochiqdan ochiq tajovuz qiladigan jangari ruhdagi elektoron o‘yinlarga bo‘shatib berdik! Bolalarimizdagi ishyoqmaslik kayfiyati ham aynan kompyuter o‘yinlari sababli tug‘ilmoqda. Milliy qadriyatlarimizning, an’ana va urf-odatlarimizning qadrlanayotganidan xursandman ochig‘i! Vazirlar Mahkamasining “Milliy xalq o‘yinlari” xalqaro festivalini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Bu o‘z o‘rnida unutilayotgan milliy o‘yinlar qayta tiklanishi uchun zarur qadam edi. Zero, xalqimizning qadriyatlarini, ma’naviy, madaniy boyliklarini asrab-avaylash, boyitish, kelajak avlodlarga bekamu ko‘st yetkazish, asrlar mobaynida shakllangan urf-odat, marosim, xalq o‘yinlarini qayta tiklashga ko‘maklashish “Milliy tiklanish” partiyasi dasturiy maqsadlaridan sanaladi.

Milliy o‘yinlar bolalar uchun sevimli mashg‘ulot, vaqtni mazmunli tashkil etish vositasigina emas, balki jismoniy va axloqiy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Milliy xalq o‘yinlarining kelib chiqish tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, uning ildizlari uzoq davrlarga borib taqaladi. Tarixiy merosimiz sanalgan milliy xalq o‘yinlariga e’tibor bugun har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. “Milliy tiklanish” partiyasi “Milliy xalq o‘yinlari festivallari”ni 2012 yildan buyon har yili muntazam alohida loyiha sifatida o‘tkazib keladi!

Partiyamiz tomonidan tashkil etilayotgan mazkur festival ham kelajagimiz egalarini milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa yoshlarni milliy xalq o‘yinlariga qiziqtirish, sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, yosh iqtidor egalarini aniqlash va ularning iste’dodini namoyon etishga shart-sharoit yaratish hamda yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga ko‘maklashishga xizmat qilib kelmoqda.

Darhaqiqat, xalq o‘yinlari azaldan xalqimiz madaniy hayotining ajralmas qismidir. Aksariyat o‘yinlarning tarixi juda qadimiy bo‘lib, ular asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitishga, ongu tafakkuri va his-tuyg‘ularini teranlashtirishga xizmat qilgan. O‘yinlarda xalqning turmush tarzi, mehnati, yutuqlari, orzu umidlari o‘z aksini topgan.

Vazirlar Mahkamasining ushbu qaror loyihasida  milliy xalq o‘yinlari festivallarini tashkil etish ko‘zda tutilgan bo‘lib,  festivalga bag‘ishlangan esdalik buyumlari ishlab chiqishni, turli ko‘rgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvini tashkil etishni belgilanganligi xunarmandlarimiz manfaatlariga ham xizmat qiladi, yoshlarda qiziqishni oshiradi. Aslida milliy xalq o‘yinlarimiz dunyo sport turlari qatoriga kirishga va munosib  etiroflarga loyiqdir.

Festivalni an’anaviy o‘tkazish uchun Jizzax viloyatini tanlanganida ham ramziy mano bor! Festival o‘tkazadigan sahna maydonlari va joylar kengliklarni mavjudligi o‘yinlar talablariga to‘g‘ri keladi deb o‘ylayman!

Festival tadbirlari dasturini ishlab chiqish va uni uch oy avval turistik tashkilotlarga taqdim etish, internet jahon axborot tarmog‘ida, jumladan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishni ta’minlash esa o‘yinni ommalashtirishga xizmat qiladi.

Ushbu tadbirni tashkil etish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarda qaror loyihasida zikr etilgan mutasaddi tashkilotlar bilan partiyamiz hamkorlik qilishga va tashabbuskor bo‘lishga hamisha tayyor.  Chunki partiya tizimida ushbu festivallarni tashkil etish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba ham amaliyot ham mavjud deb xisoblayman.

Yoshlarimiz ma’naviyati, salomatligi xaqida so‘z borar ekan, bu jarayonda milliy xalq o‘yinlarini zikr etmaslikning imkoni yo‘qdir.

Bizning milliy xalq o‘yinlari kishiga o‘zgacha xushnudlik baxsh etib, insonning kayfiyatiga ijobiy ta’sir etibgina qolmay, u yoshlarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanishida, kuchli, chaqqon, topqir, farosatli, mard insonlar bo‘lib kamol topishida katta ahamiyat kasb etishini baralla ayta olamiz sababi bu tarixda o‘z isbotini topgan.

Milliy o‘yinlarimiz o‘zbek halqining betakror samimiyatini o‘zida aks ettiruvchi urf-odat, va marosimlarimizni qadimiy madaniyatimizni go‘zalliklarini namoyon etuvchi ko‘zguhamdir. 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!