0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ROSSIYA FEDERATSIYASINING 4 TA OLIY TA’LIM MUASSASASI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMLARI IMZOLANDI

11 Mart 2020 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 234

Muallifi: Axborot xizmati

Kuni kecha, 10-mart kuni Andijon davlat universitetiga Rossiya Federatsiyasining 4 ta oliy ta’lim muassasalaridan vakillar tashrif buyurdilar.

“Russianschool” MChJ bilan birgalikda o‘tkazilayotgan ko‘rgazma doirasida Andijon shahriga tashrif buyurgan Mordoviya davlat pedagogika universiteti, Marii davlat universiteti, Chuvash davlat universiteti, Chuvash davlat pedagogika universiteti vakillari respublikamizda eng katta OTMlardan biri bo’lgan Andijon davlat universiteti bilan ilmiy hamda akademik hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida tashrif buyurdilar.

Mehmonlarni universitet rektori Akramjon Yuldashev, prorektorlar, fakultet dekanlari kutib oldilar. Universitet kichik majlislar zalida boshlangan uchrashuvda dastlab universitetimiz rektori mehmonlarga oliygohimizni tanishtirib, mavjud ta’lim yo’nalishlari, ilmiy-innovasion ishlar, universitet moddiy texnik bazasi haqida so’zlab berdi.

Shundan so’ng mehmonlar: Chuvash davlat universitetidan xalqaro bo‘lim boshlig‘i Y.L.Nikolaev Yevgeniy Lvovich, xalqaro bo‘lim metodisti Y.S.Alekseeva, Chuvash davlat pedagogika universitetidan Yoshlarni ishga joylashtirish markazi rahbari O.V.Antonova, Fan va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i A.A.Kirillov, Mordoviya davlat pedagogika universitetidan Filologiya fakulteti dekani L.V.Vasilkina, Xorijiy tillar fakulteti dekani S.I.Piskunova, Marii davlat universitetidan Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor I.P.Petrova, xalqaro bo‘lim boshlig‘i N.N.Kanashinalar o’z oliy ta’lim muassasalarini tanishtirib, qaysi yo’nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlari borligini ma’lum qildilar.

Kelajakda qo’shta ta’lim dasturlari ochish, talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, stajirovka o’tash, ilmiy konfereansiyalar tashkil etish masalalarida hamkorlik aloqlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Prorektorlar, fakultet dekanlari mehmonlar bilan alohida suhbatlashib ma’lumotlar almashdilar va kelajakdagi hamkorlikni rivojlantirish uchun aloqa bog’ladilar.

Muzokaralar yakunida har bir xorijiy oliy ta’lim muassasasi bilan akademik hamkorlik qilish bo’yicha memorandumlar imzolandi. 

Tashrif davomida mehmonlar universitetda mavjud o’quv laboratoriyalari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilmiy laboratoriyasi bilan tanishdilar. Ilmiy laboratoriyada olib borilayotgan izlanishlarni ko’rib hayratlarini yashirmadilar.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!