SINGAPUR MENEJMENT UNIVERSITETIDA «SMU GLOBAL SUMMER PROGRAMME 2020» QISQA MUDDATLI O‘QUV DASTURIDA ISHTIROK ETING
10 Mart 2020 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 2045
29 iyun – 24 iyul kunlari Singapur menejment universitetida xalqaro talabalar almashinuv dasturlari doirasida "Osiyo g‘oyalari" mavzusidagi «SMU Global Summer Programme 2020» qisqa muddatli o‘quv dasturi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Arizani topshirish uchun siz ingliz tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lishingiz kerak: IELTS - 6,5 ball va undan yuqori, TOEFL - qog‘oz shaklda 550 ball yoki elektron shaklda - 79 ball.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limi (128-xona) bilan bog‘laning. Telefon: + 99890-217-20-76.