0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

TALABALAR, MAGISTRANTLAR VA DOKTORANTLAR UCHUN KANADA UNIVERSITETLARIDA O'QISH UCHUN STIPENDIYA DASTURI

02 Mart 2020 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 226

Muallifi: Farhod Alimov
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

Kanadadagi universitetlarda 2 yilgacha ta’limning turli sohalarida o‘qish uchun 2020-2021 o‘quv yili uchun stipendiya dasturi e’lon qilinganligini ma’lum qilamiz.

Nomzodlar hujjatlar va suhbat natijalariga ko‘ra tanlovdan o‘tishi kerak, shuningdek, ma’lum talablarga javob berishlari lozim.

Arizalarni qabul qilish muddati - 2020 yil 31 mart.

Ushbu dastur, ishtirok etish shartlari va arizalarni topshirish tartibi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotni quyidagi veb-saytdan olishingiz mumkin: https://www.educanada.ca/scholarship.s-bourses/can/institutions/study-in-canada-etudes-au-canada.aspx?lang-eng

Tanlov natijalari siz uchun ijobiy bo‘lgan taqdirda, universitet abituriyent bilan o‘qishni tugatgandan so‘ng ma’lum muddat universitetda ishlash uchun shartnoma tuzishga taklif qilinadi. Shuningdek, moliyaviy hisobot uchun, ajratilgan mablag’ miqdorini (aviachiptalar, o‘quv xarajatlari, stajirovkaga haq to‘lash, turar joy va boshqalar) ro‘yxatdan o‘tkazish so‘raladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limi (128-xona) bilan bog‘laning.

Telefon: + 99890-217-20-76.

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!