0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

CHET TILI FAKULTETI TALABALARI MAKTABLARDA INGLIZ TILI BO’YICHA SEMINAR TASHKIL ETDILAR

24 Fevral 2020 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 936

Muallifi: Axborot xizmati

Universitetimizning har bir fakulteti viloyatimizdagi maktablar bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan va ularni metodik jihatdan ta’minlab bormoqda. Xususan, Chet tillar fakulteti dekan o’rinbosari Hosilbek Matqulov tashabbusi bilan kafedra o’qituvchilari va talabalari Balqichi tumaniga tashrif buyurdilar.

Joriy yilning 21 fevral kuni Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili yo’nalishi 101-guruh talabalari guruh murabbiysi Pozilova Nasibaxon bilan birgalikda Baliqchi tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 15-umumiy o’rta ta'lim maktabiga tashrif buyurdilar. Guruh talabalari Dadajonov Ne’matillo, Pazilova Barchinoy, Salijanov Jahongir, Xalimjonova Munisalar maktabda seminar-trening o’tkazib, "there is/are" konstruksiyalarining ishlatilishi, o’quvchilar yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarini hamda to’g’ri talaffuz qilish ustida ham ishladilar.

Shu kuni guruh murabbiysi va talabalar Baliqchi tumanidagi 15-umumiy o'rta ta'lim maktabiga navbatdagi mahorat darsini o'tkazdilar. Darsdan so'ng talabalar o'quvchilar va ota-onalar bilan o'tkazilgan "Yurtboshimiz tashabbusiga tashabbus bilan javob beramiz" deb nomlangan tadbirda ishtirok etdilar.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!