0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

MALAYZIYADA TALABALAR, MAGISTIRLAR, DOKTORANTLAR VA YOSH O‘QITUVCHILAR UCHUN BARCHA XARAJATLAR QOPLANADIGAN QISQA MUDDATLI O’QUV KURSLARI UCHUN TANLOV

22 Fevral 2020 yil, Shanba
Ko'rilgan: 1771

Muallifi: Farhod Alimov
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

Malayziya Texnik Hamkorlik Dasturi (MTSR) doirasida Madaniyat va Matematika bo‘yicha Ta’lim Mintaqaviy Markazi (Regional Centre for Education in Science and Mathematics)  tomonidan 2020 yil 1-15 iyul kunlari Malayziyada "Texnologiyalar rivojlangan muhitda ilmiy izlanish orqali o‘rganishni kuchaytirish"(Enhancing Learning through Scientific Inquiry in a Technology Enhanced Environment) qisqa muddatli o‘quv kursida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish boshlanganini ma’lum qilamiz.

Barcha xarajatlar (xalqaro uchish reyslari, turar joy va ovqatlanish) mezbon tomonidan qoplanadi.

Ariza berishning oxirgi muddati - 2020 yil 17 mart.

Ushbu dasturida ishtirok etish va shartlari bilan mazkur elektron  manzildan https://mtcpcoms.kln.gov.my/mtcpcoms/online/list course bilib olishingiz mumkin.

Ushbu dasturda talabalar, magistirlar, doktorantlar va yosh o‘qituvchilar qatnashishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limi (128-xona) bilan bog‘laning.

Telefon: + 99890-217-20-76.                             

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!