0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ISLOHOTDA YOSH KADRLAR

19 Fevral 2020 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 1346

Muallifi: Tohirov Shohjaxon, Xo’jaboboyev Ahmadxon
ADU 4-bosqich talabalari

“Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlarga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. Bu sohadagi davlat siyosatini yanada takomillashtirish maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida” gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

“Bularning barchasi bugungi kunda o’z samarasini bermoqda. Yoshlarimiz biznes, ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot, va sport sohalarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishga katta ishonch bag’ishlaydi,” – deydi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

Xususan, 2019-yil 27-dekabr kuni Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvidagi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 7-8- fevral kunlari Xiva shahrida “Islohotlarda yosh kadrlar” sammiti tashkil etildi.

Ushbu sammitda universitetimizdan Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetidan Tohirov Shohjaxon, Fizika-matematika fakultetidan Xo‘jaboboyev Ahmadxon, Maxmudov Muhammadxon, Urmonjanov Nasibullo, Abdullayev Sanjarbek, Abduvaliyev Akmaljonlar ishtirok etdilar.

Sammitda Liderlik va notiqlik, OAV va jurnalistika, Ta’limda innovatsiya, Tadbirkorlik va biznes yo’nalishlari bo’yicha Respublikamizning barcha viloyatlaridan 400 dan ortiq ishtirok etish xohishini bildirgan nomzodlar orasidan 100 nafar ishtirokchi tashkiliy qo’mita tomonidan tanlab olindi.

Maqsad yoshlarda mustaqil fikrini shakllantirish, olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishda yoshlar tashabbuskorligini kuchaytirish, liderlik va notiqlikni mustahkamlashdan iborat. Sammit ikki kun davom etdi. Unda yo’nalishlar bo’yicha mahoratli spikerlar tomonidan master klass hamda seminar-treninglar o’tkazildi. Ishtirokchilar o’rgangan mavjud muammolar bo’yicha o’z yechimlarini taklif qilib, bu bo’yicha taqdimot tayyorladilar.

Taqdimotlar hakamlar hay’ati munosib baholab borildi. Sammit davomida ishtirokchilar Xorazmning e’tiborga molik maskanlariga sayohat qildilar va sammit so’ngida faol ishtirok etgan ishtirokchilar tashkiliy qo’mitaning tegishli sertifikati hamda statuvetkalar bilan turli nominatsiyalarda g’olib deb topilib taqdirlandilar.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!