0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

UNIVERSITETIMIZ OLIMLARI VA QIRG‘IZISTONLIK YOZUVCHINING HAMKORLIKDA YOZGAN BIRINCHI KITOBI NASHRDAN CHIQDI

20 Fevral 2020 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 753

Muallifi: Axborot xizmati

Fevral oyida Bishkekda universitetimiz olimlari dotsent Bahodirjon Rahmonov va o‘qituvchi Zamiraxon Rahmonova hamda qirg‘izistonlik yozuvchi Begijon Ahmedovning birgalikda yozgan "Ezgulik gulshani" kitobi dunyo yuzini ko‘rdi!

411 sahifali kitobda o‘zbegu qirg‘izgina emas, tojik, uyg‘ur, qozoq, tatar va dog‘iston xalqlarining 35 nafar buyuk shoirlari, yozuvchilari va hozirda ijod qilayotgan taniqli ijodkorlari haqida qiziqarli tadqiqotlar va ilmiy-ommabop maqolalar mujassam etildi.

Ma’lumki, badiiy va ilmiy tafakkur kuchi bilan tanilgan har bir millatning poydevori qudratli va mustahkamdir. Chunki tafakkur qudrati mangulikka daxldor. U qadimdan bugungacha o‘z ta’sirini ko‘rsatib turadi, yuksak qobiliyat umuminsoniy bo‘ladi. Qolaversa, nur barchaga barobar.

Shu ma’noda “Ezgulik gulshani” kitobida Sirojiddin al-O‘shiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alixonto‘ra Sog‘uniy, Abdulla To‘qay, Mahjuriy, Cho‘lpon, Oybek, Hamid Olimjon, Aliqul O‘smonov, Ishaq Razzaqov, Sharof Rashidov, Rasul Hamzatov, Chingiz Aytmatov, Umarali Normatov, Abdushukur Muhammadamin, O‘ljas Sulaymonov, Erkin Vohidov, Sherali Loyiq, Abdug‘afur Rasulov, To‘lan Nizom, Rustambek Shamsutdinov, Muxtorxon Umarxo‘jaev, Bahodir Sarimsoqov, Qamchibek Kenja, Mug‘anniy, Shavkat Rahmon, Muhammadali Abduqunduzov, Abdumutal Abdullaev, Farid Usmon, Ibrohim Haqqul, Marqabay Aamatov, Muhammad Yusuf, Bahodir Andijoniy, Halim Karim, Xurshida bonu kabi adabiyot, san’at, ilm-fan namoyandalarining hayoti va ijodining asosiy jihatlari yoritilgan.
Ilmiy-ommabop uslubiy qo‘llanma filolog, tarixchi mutaxassislar, oliy o‘quv yurtlari talabalari, shuningdek, barcha adabiyot ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan. "Ezgulik gulshani" kitobining taqdimoti fevral oyida Andijon davlat universitetida, ikkinchi tantanali taqdimoti mart oyida Bishkek shahrida o‘tkaziladi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!