0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ILM YO'LIDA BIR ODIM

15 Dekabr 2017 yil, Juma
Ko'rilgan: 2480

Muallifi: Elmurod ABDULLAEV
Universitet ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi xodimi

Ilm yo‘li mashaqqat va riyozatni talab etadi. Ilm yo‘lining mashaqqatli mehnatlariga sabr qilmaganlar esa uning yuksak maqomiga ko‘tarila olmaydi. Bugun yurtimizda Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida mustahkamlab qo‘yilgan ta’lim tizimlari natijasi o‘laroq, fuqarolar jahon standartlari darajasida o‘qish, ilm olish va ilmiy faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ilm cho‘qqilarini zabt etayotgan yurtdoshlarimiz soni yil sayin ko‘paymoqda. Buni universitetimiz misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

2017-yilda oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha izlanish olib borayotgan  Andijon davlat universitetining quyidagi mustaqil izlanuvchi va doktorantlari falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildilar:

  1. Mamajonov Zokirjon Ahmadjonovich. 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi;
  2. Sheralieva Mashhura Ikromjonovna. 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi;
  3. Husanov Alijon Karimovich. 03.00.06 – Zoologiya;
  4. Yuldashev Farruh Ergashboevich. 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish;
  5. Sirojiddinov Begzod Arabdjanovich. 03.00.09 – Umumiy genetika;
  6. Xodjaeva Ra’no Mutalibjanovna. 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.

Ilm yo‘lidan jadal odimlab borayotgan izlanuvchilarning ushbu yutuqlari bilan muborakbod etgan holda, ularning kelgusidagi faoliyatida omadlar yor bo‘lishini tilaymiz!

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!