0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

REKTOR BILAN OCHIQ MULOQOT: TARIX FAKULTETI

14 Dekabr 2017 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 3146

Muallifi: Ravshanbek SHAMSITDINOV
Tarix fakulteti dekani

2017 yil 12 dekabr kuni Andijon davlat universitetning katta majlislar zalida universitet rektori biologiya fanlari doktori, professor A.S.Yuldashev bilan tarix fakulteti talabalari o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda rektor tomonidan talabalarga bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan siyosat, oliy ta’limni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarning o‘qib bilim olishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek ochiq muloqotda talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va xududlardagi Oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 936-son qaroriga asosan universitet tuzilmasida Andijon viloyati Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil etilayotgani haqida ma’lumot berib, uning mohiyati va ahamiyatini atroflicha tushuntirib o‘tdi.

Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob oldilar.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!