0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUHIM MASALALAR O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA

04 Fevral 2020 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 1360

Muallifi: Axborot xizmati

Bugun davlat organlari va muassasalari faoliyatining ochiqligi juda muhim masalaga, ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Har qanday darajadagi rahbarlar faoliyatiga xalq bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazishi, o‘z faoliyati masalasida hisob berishi, muammo va takliflarni o‘rganishiga qarab baho berilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida, xususan, Andijon davlat universitetida ham bu borada muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 3 fevral kuni Andijon davlat universitetida navbatdagi “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda universitetning Biologiya va Kimyo ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi 320 dan ortiq talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Uchrashuv odatdagidan boshqacha, noan’anaviy uslubda, rasmiyatchiliklardan holi tashkil etildi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor ikki muhim masala: Prezidentimizning joriy yilning 24-yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomasida hamda 31-yanvar kuni olimlar bilan uchrashuvlarida belgilangan muhim vazifalarni ijro etish hamda oliy ta’limni “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirishga oid ishlar ko‘rib chiqildi. Ushbu masalalarda talabalar oldida qanday muammolar bor, qanday takliflari mavjudligi o‘rganildi.

Dastlab universitet rektori Akramjon Yuldashev yuqoridagi ikki masala bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Jumladan, rektor o‘z so‘zida Oliy Majlisga murojaatnomaning mazmun-mohiyatini qisqacha tushuntirib, prezidentimizning asosiy e’tiborni ilm-ma’rifatga qaratgani, olimlar bilan uchrashuvda esa bu fikrlarning uzviy davomi sifatida iqtisodiyotning rivoji faqat va faqat ilm-fan bilan bog‘liq ekaniga urg‘u bergani universitet ma’muriyati va o‘qituvchilar uchun faoliyat yo‘nalishini belgilashini aytib o’tdi. “Ayniqsa, matematika, biologiya, kimyo sohalariga alohida e’tibor qaratilishi ham, deydi universitet rektori, - bugun Biologiya va Kimyo ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazishimizning asosiy sabablardan biri bo‘ldi.” Rektor shuningdek, universitetda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib, rektorga to‘gridan-to‘gri murojaat botining tashkil etilgani samara berayotganini ta’kidladi. Xususan, ushbu bot orqali qilinayotgan murojaatlar natijasida 2 nafar o‘qituvchining shartnomasi bekor qilingani va yana 2 nafar o‘qituvchi bilan shartnoma bekor qilinish arafasida turgani ma’lum qilindi. Shuningdek, rektor talabalarga murojaat qilib, korrupsiyaga qarshi kurashda yordam berishlarini, bu uchun korrupsiyaga duch kelganda aniq ma'lumot berish kifoya ekanini, faqatgina hamkorlik orqali uni yengish mumkinligini aytib o'tdi. 

Shundan so‘ng rektor ikkita masala: kimyo va biologiya sohasida o‘quv va ilmiy faoliyatni rivojlantirish va korrupsiyani oldini olish uchun takliflarni eshitishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng, 20 dan ortiq talabalar o‘z fikr-mulohazalari, savollarini yo‘lladilar. Uchrashuv davomida biologiya va kimyo yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarni yetakchi xorijiy va milliy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga yuborish, shu yo‘nalishdagi o‘qituvchilarni malaka oshirishga yuborish, ichki imkoniyatlardan kelib chiqib xorijiy adabiyotlarni tarjima qilishni yo‘lga qo‘yish, laboratoriya jihozlarini keltirish, o‘qishni besh kunlik tizimga o‘tkazish, ustoz-shogird tizimini rivojlantirish, hududimizda joylashtirilgan sanoat korxonalari oldida turgan muammolar bazasini yaratish va shu baza asosida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish,  zoologiya muzeyi va botanika bog'ini qayta tiklash hamda yana shunga o‘xshash ko‘plab savol, takliflar berildi.

2 soatdan ortiq davom etgan suhbat juda foydali va samarali bo‘ldi. Talabalar o‘z oldida turgan muammolarni ochiq oydin uniuversitet rektori va rahbariyatiga aytish imkoniga ega bo‘ldilar. Berilgan savol va takliflar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshriqlar berildi. Talabalarni xorijga va mamlakatimizdagi yetakchi OTMlarga yuborish, botanika va kimyo o'quv laboratoriyalari uchun kerakli radioaktivlarni olib berish, zoologiya muzeyi va botanika bog'ini qayta tiklash, 5 kunlik o'qishni joriy etishni tajriba sifatida sinab ko'rish, amaliyot muddatlarini aprel oyiga ko'chirish masalalarini ijobiy hal etish belgilandi.

Yig‘ilish yakunida har kuni soat 14:00 da universitet rektori va talaba-yoshlar uchrashuvini o‘tkazib borish belgilandi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!