0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

БЕШ МУҲИМ ТАШАББУС АМАЛДА: ЭНДИ АНДДУ ЎҚИТУВЧИЛАРИ МАКТАБ ЁШИДАГИ БОЛАЛАРГА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИ БЕПУЛ ЎРГАТАДИЛАР

03 Fevral 2020 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 1508

Muallifi: Axborot xizmati

San’at insonni ruhan sog‘lomlashtiriuvchi ma’naviy ozuqa manbai. Dunyoni go‘zallik qutqaradi, go‘zallik esa ijod, san’at mahsuli. Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbusning asosiy yo‘nalishidan bir yoshlar o‘rtasida aynan san’atni rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Andijon davlat universitetida ham beshta muhim tashabbus doirasida amaliy ishlar uzluksiz ravishda olib borilmoqda.

Joriy yilning 28-yanvar kuni Andijon davlat universiteti San’atshunoslik fakultetida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi talabalari Olimov Muxammadjon va Po‘latov Jumaboylar o‘zlarining ijod namunalarini namoyish etdilar.

Ko‘rgazmaga talabalar tomonidan rassomchiliknining turli xil yo‘nalishlariga oid 200 dan ziyod ishlari taqdim etildi. San’at na’munalarida Ona Vatan madhi, uni asrab-avaylash, buyuk ajdodlarimiz, ayol va onaga muhabbat, tabiat va uni asrash kabi mavzular aks ettirilgan.

Ko‘rgazma davomida yosh rassomlar yig‘ilganlarga o‘z mahoratlarini ham namoyish etdilar. Xususan, Olimov Jumaboy grafika usulida ishtirokchilar ko‘z o‘ngida san’at asarini yaratdi. Jumaboy Po‘latov esa portret janrida o‘z san’at na’munasini juda ham tez fursatlar ichida tayyorlab birchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Ko‘rgazmani tashkil etishga bosh qosh bo‘lgan Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi mudiri Baxtiyor Haqberdiev ko‘rgazma haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: “Mana bugun talabalarimizning ko‘rgazmasini tashkil etdik. Bilasizmi, Prezidentimizning tashabbusi bilan aloxida iqtidor talab etuvchi ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida test tizimi bekor qilinib, ijodiy imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilishni joriy etilishi, ushbu yo‘nalishlardan boshqa yo‘nalishlarga o‘qishni ko‘chirishni bekor qilinishi san’at yo‘nalishlariga faqatgina iste’dodli, shu sohaga qiziqqan yoshlar qabul qilinishini ta’minlamoqda. Endi yoshlar iste’dodini yuzaga chiqarish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirishimiz qoldi xolos. Bu borada beshta muhim tashabbus juda samarali mexanizm bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi ko‘rgazmadan ruhlangan boshqa talabalarimiz ham o‘zlarining ko‘rgazmasini tashkil qilish istagini bildirdilar. Shu o‘rinda butun viloyatimiz aholisiga murojaat qilib shuni aytamanki, universitetimizning Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari barcha yosh toifasidagi san’atga qiziqqan bolalarga tasviriy san’at sirlarini bepul o‘rgatishini ma’lum qilaman. Hurmatli ota-onalar, bizga farzandlaringizni olib keling va biz ularni iste’dodini yuzaga chiqarishga ko‘maklashamiz.”

Ko‘rgazma barchaga katta ruhiy ozuqa, ma’anaviy rohat baxsh etdi. Yoshlarimiz iste’dodini namoyish qiladigan beradigan bunday ko‘rgazmalarni doimiy ravishda tashkil etish rejalashtirildi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!