0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

HAMKORLIK SAMARASI: BITIRUVCHI BOSQICH TALABALARI VILOYAT MAKTABLARIGA ISHGA JOYLASHTIRILDI

08 Yanvar 2020 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 153

Muallifi: Axborot xizmati

Bugun, 8-yanvar kuni Andijon davlat universitetida viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda bitiruvchi pedagoglar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i F.Buzrukov, universitet o’quv ishlari bo’yicha prorektori Azamatjon Mamatyusupov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A’zamjon Hamroqulov, Marketing bo’limi boshlig’i Salohiddin Shamsitdinov, viloyatimizdagi barcha tuman xalq ta’limi bo’limni mudirlari, maktab direktorlari va Tarix, Pedagogika va psixologiya, Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishini 2020-yilda bitiruvchi 200 dan ortiq talabalar ishtirok etdilar.     

Uchrashuvning asosiy maqsadi yosh bitiruvchilarni hozirdan ish joylariga biriktirish, ularni tegishli yo’nalishlar bo’yicha ishga joylashtirish hamda hozirda viloyat maktablarida Tarix, Milliy g’oya fanlaridan vakant soatlar va psixolog shtati uchun vacant o’rinlar uchun ishga joylashish uchun shartnoma tuzishdan iborat. Bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo’yicha umuman yangicha yondoshuv asosida uchrashuv tashkil etilishi ikki tomon uchun ham juda foydali bo’ldi. Bugungi kunda viloyat maktablarida Tarix fanidan 150 soatdan ortiq, Milliy g’oya fani bo’yicha 238 soat, Din tarixi fanidan 50 soatdan ortiq vakant soatlar mavjudligi va bir nechta maktablarda psixolog shtati bo’shligi bildirilib, boshqarma rahbariyati kelishgan universitet ma’muriyati bilan kelishgan holda ushbu o’rinlar uchun munosib kadrlarni universitetning bitiruvchi talabalari orasidan saralab olishni rejalashtirdilar.

Uchrashuv davomida Andijon shahri va tumanlar xalq ta’lim bo’limi mudirlari o’zlarida mavjud ehtiyojni bildirdilar va shu yerning o’zida bitiruvchi bosqich talabalari bilan suhbatlashib, ularga mavjud vakant joylarni taklif qildilar. Ahamiyatli jihati talaba, maktab va universitet ma’muriyati o’rtasidagi uch tomonlama shartnoma shu yerning o’zida imzolanib, bitiruvchi bosqich talabalaridan 30 dan ortig’i shu yerning o’zida ishga joylashtirildi. Shuningdek, boshqarma boshlig’I tomonidan hozirda viloyat maktablarida ishga joylashgan, biroq, tarifikatsiyadan o’tishda muammolarga uchragan talabalar oldidagi barcha to’siqlarni bartaraf qilish bo’yicha tegishli topshiriq berildi.

Tarix ta’lim yo’nalishi rus guruhi bitiruvchisi Abdulhayev Bobur uchrashuv haqida o’z fikrlarini bildirib, “Bugun tashkil etilgan uchrashuv biz uchun juda foydali bo’ldi. Avval bitirgan sobiq talabalar bilan gaplashganimizda ish topishda qiyin bo’lganini, ayrimlar uch tomonlama shartnoma tuza olmay uzoq qiynalganliklarini aytishgandi. Hozir men mutaxassilik bo’yicha o’zim uchun qulay bo’lgan Andijon shahridagi 24-maktabga ishga joylshdim. Endi menda ikki karra mas’uliyat bor, o’qishimni muvaffaqiyatli yakunlab, shu bilan birga maktab o’quvchilariga sifatli bilim berishim lozim. Bu uchun o’zimning bor bilim, ko’nikma va malakamni ishga solaman.”

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!