0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

UNIVERSITETIMIZ AYOLLARI “YIL AYOLI – 2019” DA E’TIROF ETILDI

08 Yanvar 2020 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 555

Muallifi: Umidaxon Ahmedova
ADU xotin qizlar qo'mitasi raisasi

Andijon shahrida joylashgan “Yoshlar markazi” da O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tamonidan e’lon qilingan «Yil ayoli - 2019» milliy tanlovining hamda “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovlarining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Yil ayoli” milliy tanlovi har yili ibratli ayollarni aniqlash, ularning faoliyati bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish, ilg‘or xayot va ish tajribasini ommalashtirish, ayollarning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligi va ijodkorlik qobiliyatini rag‘batlantirish, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etiladi.

Tanlov natijalariga ko‘ra fizika-matematika fakulteti, matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi, f.f.d Jamilaxon Aliyeva “Innovatsion g‘oyalarni faol ilgari surgan olima” nominatsiyasi bo‘yicha viloyat hududiy bosqichi g‘olibi deb topildi va Xotin-qizlar qo‘mitasining diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovi bo‘yicha viloyat Tashkiliy qo‘mitasi xulosasiga ko‘ra tanlovda o‘z ixtirolari, innovatsion g‘oyalari hamda loyihalari bilan ishtirok etgan Andijon davlat universitetining maktabgacha ta’lim fakulteti, maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Dildoraxon Abdullajonova “Hunarmand xotin-qizlarning eng yaxshi innovatsion loyihasi” nominatsiya bo‘yicha, pedagogika fakulteti mehnat ta’limi yo‘nalishi 3-kurs talabasi Muxtaramxon Abdullaeva “Omadli start” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb e’lon qilindi. 

Hududiy bosqichda g‘olib deb topilgan o‘qituvchi va talaba-qizlarimizga respublika bosqichida omad yor bo‘lishini tilagan holda ulardan quvonchli xabarlarni kutib qolamiz.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!