0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

SAYLOVDA TALABALAR VA O‘QITUVCHILARNI QO‘LLAY OLADIGAN, OLIY TA’LIM RIVOJIGA XISSA QO‘SHADIGAN MUNOSIB NOMZODLARGA OVOZ BERING!

21 Dekabr 2019 yil, Shanba
Ko'rilgan: 747

Muallifi: Akramjon Yuldashev
Andijon davlat universiteti rektori

Ayni damda yurtimizning keyingi 5 yillikdagi kelajagi, shuningdek, ta’lim tizimi kelajagi ham ertaga, 22-dekabrda o‘tadigan saylovlarga bog‘liq. Saylovlar jarayonida 14 mingdan ortiq ahil oilamizning vakillari ya’ni talabalar, professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarning har bir ovozi kelajagimizni belgilashda muhim.

Hurmatli talaba yoshlar sizga alohida murojaat qilib aytamanki, turli absenteistik chaqiruvlarga uchmang! Saylovlarda nomunosib, kelajagimiz uchun xech qanday foydasi tegmaydigan odamlar g‘olib chiqishini xohlamasangiz albatta o‘z uchastkangizga boring va O‘zbekistonimiz uchun foydasi tegadigan insonga ovoz bering! Faqat, bir iltimos, nomzodlarni orasidan aynan ta’lim uchun, menga, sizga hammamizga haqiqatda yordam bera oladiganlari bo‘lsa, aynan o‘shalariga ovoz bering!

Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar orasidan, davlat byudjetidan ko‘proq mablag‘ni aynan ta’lim tizimiga yo‘naltirish uchun kurashuvchi, shuningdek, mahalliy kengash deputatligiga nomzodlar orasidan esa, mahalliy byudjet mablag‘laridan ta’limga ko‘proq ajratilishiga yordam bera oladiganlarga ovoz bering, ularni dasturlari bilan tanishib qo‘ying.

Universitetimiz har saylovda tashkiliy masalalarda katta hissa qo‘shadigan muassasalardan biri. Ushbu saylov jarayonida universitetimizning asosiy binosida hamda Chet tillar fakulteti binosida 2 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan, chet tillarini biladigan professor-o‘qituvchilarimiz va talabalarimiz viloyatimizga tashrif buyuradigan xalqaro kuzatuvchilarga volontyor sifatida tarjimonlik qilishi ham saylovlarni shaffof va ochiq o‘tkazishda jamoamiz qo‘shayotgan xissaning ko‘lamini ko‘rsatib turibdi. 

Avvalo, shuncha mehnat qilib, saylovlarni beminnat tashkil etishda yordam ko‘rsatayotgan barcha talabalarimiz, o‘qituvchilarimiz va xodimlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Bizning vazifamiz esa ularning shunchalik mehnati uchun ham saylovlarda qatnashib, o‘z huquqimizdan foydalanishimiz, kelajagimiz uchun ovoz berishimiz lozim!

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!