0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

FUTBOLIMIZ MALIKALARI

13 Dekabr 2017 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 3390

Muallifi: D.S. KURBANOVA, R. ISAKOV
Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasidan

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlab Andijon futbol federatsiyasi tomonidan 5-6 dekabr kunlari talaba qizlar o‘rtasida “Futbolimiz malikalari” shiori ostida futzal sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada viloyatimizdagi  jami 12 ta, 4 ta OTM jamoalari  va 8 ta  kasb-xunar kolleji hamda akademik litsey o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdilar. Musobaqa Fifa qonun qoidalariga muvofiq olimpia o‘yin tizimida o‘tkazildi.

Andijon davlat universiteti qizlar jamoasi dastlab Andijon industrial pedagogika kolleji qizlari ustidan yirik 6:0 xisobida g‘alabaga erishib keyingi bosqichga yo‘l olishdi, keyingi raqibalari Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey qizlarini ham yirik 6:0 xisobida yengib final bosqichiga chiqishdi. Final bosqichida Andijon davlat universiteti jamoasi Andijon pedagogika kolleji jamoasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro kuch sinashdi. O‘yin juda qiziq ko‘taringki ruxda xujumkor o‘tdi. Dastlab Andijon davlat universiteti jamoasi a’zosi Mexriniso A’zamjonova xisobni ochib jamoasini oldinga olib chiqdi. Goldan so‘ng pedagogika kolleji qizlari ham xisobni tenglashtirish uchun bor e’tiborini xujumga qaratishdi. Birin ketin uyushtirilgan xujumlar natijasida xisob tenglashdi. O‘yinda tajribali bo‘lgan Andijon davlat universiteti jamoasi xujumchisi Oygul Yaqubova raqib darvozasini ishxol qilib jamoasini xisobda oldinga olib chiqdi. Pedagogika kolleji jamoasi ham final bosqichiga shunchaki kelmaganliklarini o‘z o‘yinlari bilan isbotlashdi. Tinimsiz xujumlar uyushtirib xisobni tenglashtirish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishdi. Shunday xujumlar natijasida  pedagogika kolleji jamoasi xujumchisi G‘ulomova Kumush  uzoq masofadan kuchli zarba yo‘lladi, zarba Andijon davlat universiteti himoyachisi Fotima Safarovaga tegib to‘p o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib  dorvozadan joy oldi. Birinchi bo‘lim jangovor durang 2:2 bilan yakunlandi. Tanaffusda Andijon davlat universiteti jamoasi murabbiyi A.Xoliqov shogirdlariga kerakli ko‘rsatmalarni berdi. 2-bo‘limda ADU jamoasi raqiblarga xech qanday imkoniyat qoldirmay birin ketin raqib darvozasini ishxol qilib o‘yinni o‘z foydalariga xal etishdi. Final o‘yini 4:2 xisobida Andijon davlat universiteti jamoasi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Taqdirlash marosimida turli naminatsiyalar bo‘yicha sovg‘alar o‘z egalariga topshirildi. Eng yaxshi dovozabon Andijon davlat universiteti jamoasi darvozaboni Nodira Shermuxammedovaga nasib qilgan bo‘lsa, musobaqaning eng yaxshi xujumchisi va to‘p urari Oygul Yaqubovaga nasib etdi. Oygul ushbu musobaqada jami 12 ta gol urishga erishdi. Albatta,  erishilgan natijalarda jamoaning murabbiyi Fakultetlararo jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi Abduxoliq Xoliqovning xissasi kattadir. Talaba qizlar bilan olib borgan tinimsiz mexnati, say-xarati xamda ulardagi  ko‘nikma va malakalarini oshirishga yaqindan yordam bergani natijasidir. Bizendi bu jasoa qizlaridan bundanda katta natijalarni kutib qolamiz.

Andijon davlat universiteti jamoasi a'zolari:

  1. Dildora Po‘latova jismoniy madaniyat 404-gurux
  2. Fotima Safarova jismoniy madaniyat 404-gurux
  3. Umida Temirova jismoniy madaniyat 404-gurux
  4. Nodira Shermuxammedova jismoniy madaniyat 303-gurux
  5. Ma’mura Mamasolieva jismoniy madaniyat 303-gurux
  6. Gulmira Qaxramonova jismoniy madaniyat 304-gurux
  7. Oygul Yaqubova jismoniy madaniyat 304-gurux
  8. Dilnoza Anarboeva Xotin-qizlar sporti 103-gurux
  9. Mexriniso A’zamjonova filalogiya 101-gurux

Jamoa murabbiyi Abduxoliq Xoliqov Abduxalimovich

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!