0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

“TILLARDA ALYORSAN, MADHIYAM!”

10 Dekabr 2019 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 1359

Muallifi: Axborot xizmati

Bugun, 10-dekabr qalblarga g‘urur-iftixor, o‘zgacha hayojon bilan kiruvchi, ruhan quvvat, o‘zgacha jo‘shqinlik baxsh etuvchi O‘zbekiston Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. Shu munosabat bilan bugun universitetimizda darslar madhiyamizni ijro etishdan boshlandi. Shundan so‘ng qator tadbirlar, tanlovlar, suhbatlar tashkil etildi.

Andijon davlat universiteti

Jumladan, universitet axborot-resurs markazida Tarix fakulteti tashabbusi bilan "Madhiyamizni bilamizmi?" deb nomlangan viktorina o‘tkazildi. Viktorinani viloyat yozuvchilar uyushmasi Orifjon Meliyev ochib berdi. U o‘z so‘zida madhiyamiz bayrog‘imiz bilan birgalikda mamlakatimizda va xalqaro maydonda davlatimiz haqida tasavvur uyg‘otuvchi asosiy ramzlarimiz ekani, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish lozimligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, temurshunos olim Hakim Sattoriy va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdurashid Azimlar madhiyamizning qabul qilinish tarixi, uning hayotimizda, milliy g‘urur va ruhni shakllantirishda beqiyos o‘rniga oid fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Andijon davlat universiteti

Dasturning asosiy qismida Tarix fakultetining 4 ta jamoasi madhiyamiz haqidagi qonun hujjatlari, uning ahamiyatiga oid viktorinada ishtirok etdi. Qiziqarli va foydali savol-javoblarga boy o‘tgan baxsda Tarix ta’lim yo‘nalishi 102 guruh talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar va tashkilotchilar tomonidan kitoblar to‘plami hamda diplom bilan taqdirlandilar.

Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti

Shuningdek, kun davomida “Tillarda alyorsan, madhiyam!” deb nomlangan mavzuda insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda universitetning barcha fakultetlaridan saralangan ikki nafardan jami 20 nafar talaba ishtirok etdi. Ishtirokchilar 60 daqiqa davomida o‘zlarining badiiy qobiliyatlarini ishga solib, o‘z ijod na’munalarini hakamlar hay’atiga taqdim etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra insholar tanlovida g‘oliblikni mavzuga barchadan ko‘ra ijodiy yondoshgan Filologiya fakulteti 104-guruh talabasi Bahriddinova Shaxnozaxon qo‘lga kiritdi. taqdim etdilar. Ikkinchi o‘rinni esa Tarix fakulteti MSMTEB yo‘nalishi 109-guruh talabasi Muxammadg‘ofurova Xamidaxon munosib ko‘rilgan bo‘lsa, 3-o‘rinni San’atshunoslik fakulteti TSMG yo‘nalishi 302-guruh Rasulova Mukarramoy qo‘lga kiritdi.

Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti

Ushbu o‘tkazilgan tadbir va tanlovlar talaba-yoshlarda madhiyamizga bo‘lgan hurmat va ehtiromini oshirishi shubhasiz.    

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!